Qirg'iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev ishi bo'yicha belgilangan sud ortga surildi. Nega?..

0

 

Esingizda bo'lsa, shu yil 7-8 avgust kunlari Qirg'iziston maxsus xizmat tashkiloti xodimlari sobiq prezident Almazbek Atambayevni qo'lga olish uchun qurolli hujum uyushtirishgan. Bu voqea mamlakat poytaxtidan 20 kilometr uzoqlikdagi Qo'y-Tosh qishlog'ida joylashgan rezidensiyada amalga oshirilgan.

Shu kunlarda Atambayev ishi bo'yicha sud jarayoni boshlanishi lozim edi. Ammo sudyaning favqulodda xastalanishi tufayli jarayon ortga surildi.

Sud jarayoni Atambayev tarafidan kriminal avtoritet Aziz Batukayevning turmadan noqonuniy tarzda ozod etilishi masalasida bo'lib o'tadi. Sobiq prezident sudda ayblanuvchi sifatida ishtirok etadi. Hozirda Atambayev SIZO da o'tiribdi. Aytishlaricha, sudda Atambayev sudyaning savollariga javob berishdan bosh tortishini ta'kidlamoqda.

 

loading...