O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 7 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

7 dekabr kuni oyoqlaringiz ostiga juda e'tibor bilan qarashingiz kerak bo'ladi. Yo'q, xazina topib olmaysiz. Agar oyoqlaringiz ostiga qarab yurmasangiz, jiddiy jarohat olishingiz mumkin. Yugurishga to'g'ri kelsa ham, siz shoshilmasdan yuring. Ayniqsa, bugun tashqarida qarama-qarshi jins vakillari yoki vakilalari bilan bo'lib o'tadigan ishqiy sarguzashtlar hayot uchun xavfli ekanini unutmang. Kechqurun qimmatli va yoqimli xabar eshitasiz.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Agar bugun ertalab lotereya sotib olsangiz, albatta katta yutuq egasiga aylanasiz. Hatto, bu yutuq shahar markazidagi kvartira narxidan ham bir necha o'n barobar yuqori bo'lishi mumkin. O'zingizni lohas his eta boshlasangiz, darrov vrachga murojaat eting. Hatto, oddiy bosh og'rig'i ham shamollash va gripp alomati bo'lib chiqishi hech gap emas. Qanday bahona topsangiz topingki, jismoniy mehnatdan voz keching. Kechqurun toza havo sayriga chiqing.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

7 dekabrda sizni yirik sarf-xarajatlar, yolg'onlar, ro'zg'or muammolari ta'qib eta boshlashi mumkin. Kuningiz yengil kechmaydi. Lekin shu og'irlikdan ham tarjibangiz ortadi. Kun davomida nafaqat o'zingiz, yaqinlaringiz, balki uy jonivorlariga ham alohida mehr ko'rsatishingiz tavsiya qilinadi. Muhabbatda juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz qarshisida sizni noqulay vaziyatga tushirishi mumkin bo'lgan har qanday voqelikdan qoching. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Bugun mayda yumushlar bilan shug'ullanishdan, do'stlar bilan muloqotlardan voz kechishingiz kerak bo'ladi. Bor bo'yingiz bilan ishga sho'ng'ing. Shundagina martaba oshishidan umid qilsangiz bo'ladi. Shaxsiy hayotingiz asabbuzarliklarsiz kechmaydi albatta. Ruhan barcha yoqimsiz lahzalarga tayyor turishingiz so'raladi. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz yana bir karra sizga ko'nglini ochishi kutilmoqda. Kechqurun to'g'ri ovqatlaning, rejimga amal qiling. Me'yorni buzmang.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

7 dekabr kuni oilasizlardan kimdir tanlagan insoniga o'z muhabbaatini izhor etadi. Bu juda to'g'ri yo'l. Tuyg'ularni uzoq vaqt qalbda saqlab yurib bo'lmaydi. Bu omadsizlikka yuz tuttirishi mumkin. Tabiat qo'yniga dam olish uchun chiqqanlar rosmana dam olishadi. Havo almashishadi. Bu salomatlikni mustahkamlashda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Qarindoshlar bilan muloqotda ehtiyot bo'ling. Arzimas gap bilan orangizga sovuqchilik tushirmang.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Shaxsiy biznesiga ega bo'lganlar nihoyat bugun raqobatchilarning adabini bera olishadi. G'alabangizni ochiq namoyish etishdan cho'chimang. Ko'rib qo'yishsin. Salomatligingiz yomonlashuvi kutiladi. Ko'chaga issiq kiyimlarda chiqishni unutmang. Bugun aqliy mehnat, ijod va sevimli xobbingiz bir olam muvaffaqiyat hadya etishi mumkin. Ovqatni kamroq yeb, suyuqlikni ko'proq ichishga e'tibor qarating. Surunkali xastalikka chalingan bo'lsangiz, o'zingizni nazoratda ushlashni unutmang.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

7 dekabr tarozi burji ostida tug'ilganlar uchun quvonchli va xayrli kechadi. Har qanday yuksaklikka intilishingiz muvaffaqiyatli yakun topadi. Ish masalasida ham qayg'urmasangiz bo'ladi. Sizga yaqin do'st tutinganlar, tanish-bilishlar tashlab qo'yishmaydi. Eng og'ir lahzalarda ham yelkadosh bo'lishadi. Muhabbatda romantika ishonchli hamrohingizga aylanadi. Holsizlik oyoqdan ola boshlasa, yotib ma'lum muddat dam olishingiz kerak. Salomatlikni xalqona usullar yordamida mustahkamlash ham foyda beradi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Chayon burjida tavallud topganlar ishda jamoaviylikni tanlashsa, sira xato bo'lmaydi. Mas'uliyatdan bir qadam ham ortga chekinmang. Oila qurmagan bo'lsangiz, yaqindagina tanishgan insondan bir olam olqish va maqtovlar eshitasiz. Olis safardan buguncha voz kechishingizga to'g'ri keladi. Ayniqsa, shaxsiy avtomobiliga ega bo'lganlar uchun safar xavfli kechishi mumkin. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

7 dekabr kuni toza havo, jismoniy mashqlar, pozitivga boy insonlar bilan muloqot qilish sizga faqat foyda beradi. Ayollar sartaroshxona, go'zallik salonlariga chiqib kelishsa, tashqi qiyofalari yangilangan bo'lardi. Muhabbatda sevgan insoningiz uchun turli qahramonliklar sodir etishdan tiyiling. Omadsizlikka yuz tutishingiz mumkin. Ayrimlar bugun bosh og'rig'idan bezovtalanishlari kutiladi. Aspirin ichib yuring. Qon aylanishi yaxshilanib, bosh og'rig'idan xalos bo'lasiz.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Ishxonada bo'ladimi, shaxsiy hayotdami, har bir harakatingiz puxta rejaga asoslangan bo'lishi shart. Ana shunda muvaffaqiyatlardan umid qilsangiz yarashadi. Qo'shimcha kuch va imkoniyatlarni esa uy ishlari va yaqinlaringiz uchun sarflaganingiz ma'qul. Birovlarga va'dalar bersangiz, albatta ustidan chiqishga harakat qiling. Kimlardir bugun uy ta'miri bilan band bo'lishlari mumkin. Bu ishni ham kechga qadar tugatish payida bo'lishingiz talab etiladi. Salomatlikni asrang.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

7 dekabr qovg'a burji ostida tavallud topganlar uchun quvonchli, omadli kechadi. Ishlaringizda unum ko'zga tashlanadi. Katta muammolar osonlik bilan bartaraf etiladi. Janjalli lahzalar barham topadi. Faqat moddiy ahvolingizni yaxshilash yo'lidagi harakatlar muvaffaqiyatsiz yakun topishi mumkin. Zahira pullardan foydalanib turishingizga to'g'ri keladi. Bugun seminarlar, konferensiyalar, kelishuvlar ko'ngildagidek o'tadi.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Yulduzlar siz tomonda. Lekin bu bo'shashish mumkin degani emas. Ezgu maqsadlarga erishish uchun o'zingizga bo'lgan ishonch yuqori darajada bo'lishi, hayotga optimist ko'zi bilan qarashingiz kerak bo'ladi. Yolg'izlar nafaqat romantik uchrashuvdan, balki oddiy muloqotlar va ijodiy mavzudagi loyihalardan ham lazzat olishlari mumkin. Kechqurun basseyn yoki saunada cho'milishingiz yaxshilik belgisidir. Jismoniy zo'riqishlarni ortga suring.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...