“Bildirsoy” bolalar oromgohi 9,5 mlrd.so'mlik boshlang'ich narxda savdoga chiqarildi

0

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida joylashgan “Bildirsoy” bolalar sog'lomlashtirish oromgohi 9,5 mlrd.so'mlik boshlang'ich narxda savdoga chiqarildi. Bu haqda elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi xabar berdi.

Auksionda ishtirok etish uchun elektron arizalarni qabul qilish boshlangan hamda 2020 yilning 12 fevraliga qadar davom etadi.

Auksion savdo ochiq tarzda o'tkazilib, 2020 yilning 14 fevral kuni 09:00 dan 18:00 gacha bo'lib o'tadi.

loading...