O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 8 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

Bugun birinchi navbatda moddiy ahvolingizni nazoratda ushlashingiz kerak bo'ladi. Yirik xaridlarga oshiftasiz. Bunga shubha yo'q. Ammo bu oshiftalik sizni moliyaviy inqirozga yuz tutdirishi muqarrarligini ham unutmang. Tushdan keyin shaxsiy hayotingiz bilan bog'liq ajoyib bir xabar eshitishingiz kutiladi. Bu xabar sizni rostakamiga mamnun etadi. Muammolardan sevimli xobbingiz yordamida chalg'ishga harakat qiling.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

8 dekabr kuni o'zingiz nuqul tanqid ostiga olaveradiganlar o'rniga o'zingizni bir qo'yib ko'ring. Xo'sh, ular tanqidlaringiz natijasida qanday ahvolga tushishyapti ekan? Buni his etishga urinib ko'ring. Bilingki, hayotda yaxshilik ham, yomonlik ham albatta qaytadi. Shuning uchun dunyoni qaytar dunyo deb atashgan. Kechqurun toza havo sayriga chiqing. Dam olish soatlaringizni yolg'izlikda kechirganingiz ma'qul.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

Bugun ertalabdan shu qadar lohas va o'ychan holatda bo'lasizki, atrofdagilar sizni uyg'otishga harakat qilib bezor bo'lishadi. Do'stlardan biri sizga bir xabarni yetkazishi kutilmoqda. Xabar sizni faylasuflarcha o'y surishga, mulohaza qilishga majbur etadi. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy muammolarni bartaraf etish bilan band bo'lasiz. Bugun moddiy ahvolingiz shundoq ham yomon kechmaydi. Kechqurun yoshi ulug', xasta qarindoshlar holidan xabar olsangiz, savobdan quruq qolmasdingiz.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

8 dekabr qisqichbaqa burji ostida tavallud topganlar uchun har taraflama quvonchli kechadi. Emotsiyangizni qat'iy nazoratda ushlang. Ruhan tushkunlikka tushishni xayolingizga ham keltira ko'rmang. Moliyaviy ahvolingiz, afsuski, ko'ngildagidek kechmaydi. Yo'qotishlarga yuz tutishingiz ehtimoli bor. Zahiradagi pullarni juda ehtiyotlang. Aks holda juda-juda qiyin ahvolda qolib ketishingiz hech gap emas.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

Ish masalasiga bugun loqaydlarcha munosabatda bo'lishingiz tavsiya etilmaydi. Loqaydlik shu kunga qadar dunyoga keltirilgan borlig'ingizni yo'qqa chiqarishi mumkin. Kun davomida kompyuter qarshisida o'tirib ishlaydiganlar ko'ziga juda ehtiyot bo'lishlari lozim. Bugun garderobni yangilash, yangi hayot tarzini izlash va turli xastaliklarga qarshi muolajalarni boshlash muvaffaqiyatli kechadi. Ammo har qanday turdagi jarrohlik amaliyotlarini boshqa kunga qoldiring.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

8 dekabr kuni professional kasbingiz bilan bog'liq ishga jiddiy munosabatda bo'ling. Topishingiz yoki topganlaringizni yo'qotish xuddi shunga bog'liq bo'ladi. Martabangizni oshirish yo'lida eng qulay usullarni toping. Yolg'onlarsiz, firiblarsiz maqsadga yetish payida bo'lsangiz, firibgarlardan nari bo'lishga harakat qiling. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishingiz jarayonida anglashilmovchiliklar yuzaga kelishi ehtimolga yaqin. Salomatligingizni ehtiyotlang. Ovqatlanish me'yorlariga amal qiling. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

Bugun sizni bir-biridan yoqimli xaridlar, ko'ngilochar mashg'ulotlar va boshqa yoqimli lahzalar mushtoq kutadi. Dam olish kuniligidan unumli foydalaning. Dam oling. Ko'ngil yozing. Asosiysi, me'yorni biling va xotirjamlikka erk bering. Kun davomida ba'zi masalalarda asabbuzarliklarga ro'baro' bo'lishingiz mumkin. Lekin bular dam olish lahzalaringizga salbiy ta'sir ko'rsata olmaydi. Shaxsiy avtomobili borlar serqatnov yo'llarda ehtiyot bo'lishlari talab etiladi. Jarohat olishingiz xavfi bor.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

8 dekabrda ko'p vaqtingiz yugur-yugurlardan iborat bo'lishi mumkin. Har bir ishingizni puxta reja asosida amalga oshirishingiz zarur bo'ladi. Qaergadir kechiksangiz, o'zingizni ayblashdan tiyiling. Bugun salomatlikni mustahkamlashga oid harakatlar, uy yumushlarini ado etish va ro'zg'ordagi muammolarni bartaraf etish xayrli kechadi va muvaffaqiyatli yakun topadi. Kechqurun og'ir hazm bo'luvchi va yog'li, sho'r, achchiq taomlar iste'molidan tiyilishingiz tavsiya etiladi.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

O'qotar burji ostida tug'ilganlar tabiatan maydakashlikni yomon ko'rishadi. Lekin bugun har bir tiyinni alohida hisob-kitob qilishingizga to'g'ri keladi. Hatto, sevimli insoningizga oddiy muzqaymoq olib berishdan bosh tortganingizda u alamdan yorilay deyishi mumkin. Unga moliyaviy ahvolingiz joyida bo'la turib maydalashishingiz yoqib tushmaydi. Bugun ijod kishilari va xizmat safariga chiqqanlarni omad qarshi oladi. Omad sizga yor bo'lsin!

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

8 dekabr kuni murakkab masalalarni ijobiy hal etishda yaqin do'stlaringiz yordam beradi. Lekin ro'zg'ordagi muammolarni o'zingiz bartaraf etishingiz kerak bo'ladi. Bu oiladagi muhitga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Nafaqat pullarni, balki salomatlikni ham qat'iy nazorat ostiga oling. Surunkali xastaliklar qo'zg'alishi, ayrimlar yengil jarohat olishi kutiladi. Rejim bo'yichagina harakatlar sodir eting. Organizmingizning jismoniy zo'riqishiga yo'l qo'ymang.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

Bugun ertalabdan eng jiddiy masalalar bo'yicha fikringiz o'zgarishi kutiladi. Bu zimmangizga yangi vazifalar yuklangandan keyin paydo bo'ladi. Agar tajribangiz kamlik qilsa, ish bitirishda do'stlar, tanishlar yordamidan foydalanishingiz tavsiya qilinadi. Ayollar garderobini yangilashsa, bu kayfiyat ko'tarilishiga sabab bo'ladi, ishoning. Uyalmang! Yangi kiyimlarda atrofdagilarni hayratga solishdan tiyilmang.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

8 dekabr kuni g'alabaga erishish uchun juda ko'p harakat qilishingiz, intilishingiz talab etiladi. Bu qo'lingizdan keladi. Har qanday to'siqni yengib o'ta olasiz. Agar yaqin orada kim bilandir janjallashgan bo'lsangiz, bugun yarashish payida bo'ling. Chunki bugungi kun yarashishlar uchun muvaffaqiyatli kechadi. Bugun bolalar bilan uzoq-uzoq suhbatlashish, ijod va mazali taomlar pishirish, ularni tanovul qilish xayrli kechadi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...