Nijniy Novgorodda mast haydovchi piyodalarni bosib o'tib ketdi. Qurbonlar bor…

0

 

Shu yil 7 dekabr kuni Nijniy Novgoroddagi chorrahalardan birida dahshatli avtohalokat sodir bo'ldi. Avvaliga birdan to'rtta avtomobil o'zaro to'qnashib ketdi. So'ngra ularadn biri uchib borib piyodalarni urib ketdi. Oqibatda 9 nafar 14-15 yosh atrofidagi bolalar va ikki yoshi ulug' fuqaro jabr ko'rdi. Bolalarning uch nafarini jarrohlik stoliga yotqizishlariga to'g'ri keldi. Ammo operatsiyadan keyin ham ularning ahvoli og'ir ekani aytilgan. Jabr ko'rganlardan biri bo'lmish ayol kishi kasalxonada vafot etgan.

Aytishlaricha, bolalar saf tortgan holda teatrga ketishayotgan ekan. Shayton etagini tutgan bir ahmoq tufayli teatr ham tatimadi.

Qarangki, avtohalokatning asosiy sababchisi va bolalarni urib ketgan, bir ayolning o'limiga sababchi bo'lgan haydovchi adliya sobiq generali Aleksandr Pilganovning 43 yoshli o'g'li Viktor Pilganov ekan. U ilgari ham qo'pol tarzda yo'l qoidasini buzgani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgandi. Muddat tugagach, guvohnomani qaytarib olgan ekan. Mana, yana xuddi o'sha shaxs ko'pchilikka jiddiy jabr yetkazdi.

Darvoqe, u spirtli ichimlik ichgan holda rulga o'tirgani aniqlandi.

Hozirgi paytda Viktor qo'lga olingan. Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan.

loading...