QON TOMIRLARNING ASOSIY KUShANDALARI…

0

 

Bilamiz, zararli odatlar insonning umrini qisqartiradi. Bu qisqartirish esa albatta qon tomirlardan boshlanadi. Nemis olimi Martin Galle olib borgan izlanishlar xuddi shu masalaga bag'ishlandi. Olim birgina tamaki mahsulotlari misolida qon tomirlar qanchalar azoblanishini amalda isbotladi.

Ma'lum bo'ldiki, kashandalar o'zining bu zararli odati yordamida to'qimalar o'lishini ta'minlarkan. Kashandalarda yurak-qon tomir xastaliklari boshqalarga nisbatan 5 marta tezroq, yurak ishemik kasalligi 12 marta, infarkt 10 marta tezroq yuzaga kelarkan. Bir so'z bilan aytganda, kashandalar oddiy odamlarga qaraganda tezroq qariydi, xastalanadi va o'lim topadi.

Bundan tashqari, kuniga gazlangan shirin ichimliklarni iste'mol qilish yoki boshqa desertlar iste'moli qon tomirlarning ichki devoriga jiddiy ziyon yetkazadi.

O'simlik yog'ida tayyorlangan mahsulotlarni kuniga 300-400 grammdan yeyish yurak xastaliklari xavfini oshiradi. Tag'in xudo biladi.

Astag'firillo!

Salomat bo'ling!

 

loading...