Turmada jazo muddatini o'tayotgan pedofil ustiga mashina qulashi tufayli o'lim topdi…

0

 

Rossiyadagi umumiy rejimli koloniyalardan birida pedofillikda ayblanib qamalib, jazo muddatini o'tayotgan Abdurauf ismli ariston ustiga «Niva» avtomobili qulab tushishi oqibatida halok bo'ldi. Boshqa aristonlarning gapiga qaraganda, Abdurauf osilib turgan mashinaning ostki qismini ko'zdan kechirayotgandi. Koloniya rahbarlari ham bu voqeani baxtsiz tasodif, texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik natijasi sifatida baholashdi.

Abdurauf Moskva viloyatida yengil atletika bo'yicha yoshlarga murabbiylik qilardi. Faoliyati davomida 8 yashar shogird qizni majburlab, u bilan jinsiy munosabatga kirishib kelgan. Qiz mashg'ulotlardan keyin uyga kech qaytavergach, ota-onasi surishtirgan. Qizaloq hammasini oqizmay-tomizmay gapirib bergan.

 

loading...