Ahli sunna val jamoa e'tiqodi: Alloh taoloning sifatlari tashbehsiz va kayfiyatsizdir

0

Ulamolarning Alloh sifatlarini fors tilida (arabchadan boshqa tillarda) zikr etishlari joizdir. Ammo «yad» so'zi Allohga nisbat berilganda fors tilida «Dasti Xudo» – deb zikr etilmagay. «Allohning yuzi» deb aytish joiz, lekin tashbehsiz va kayfiyatsiz aytilishi shart. Allohning uzoqligi va yaqinligi o'rtasidagi masofaning uzun-qisqaligi bilan izohlanmaydi, balki yaqinlik – bandaning mukarramligi, uzoqlik – uning xorligidir. Itoatkor odam Allohga yaqindir, lekin kayfiyatsiz. Itoatsiz kimsa Undan uzoqdir, lekin kayfiyatsiz. Yaqinlik, uzoqlik, yuzma-­yuz bo'lish, jannatda yonma-­yon bo'lish, Uning huzurida turish kabilarni kayfiyatsiz deb bilish zarurdir.

 

AHLI SUNNA VAL JAMOA E'TIQODI: Qur'oni karim Allohning kalomidir

 

Qur'oni karim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nozil qilingan va mushaflarimizga yozilgandir. Uning barcha oyatlari fazilat va ulug'likda Allohning kalomi bo'lgani uchun barobardir. Ammo ba'zi oyatlarning o'qilishi o'zi fazilatli bo'lsa, boshqalari undagi zikr etilgan narsalar sababli fazilatga egadir. Masalan, «Oyatal ­Kursiy»da Allohning ulug'ligi, buyukligi va sifatlari zikr etilgan. Demak, unda ikkita fazilat jam bo'lgan – zikr va mazkur fazilatlari. Kofirlar to'g'risida kelgan oyatlarda faqat zikr fazilati bo'lib, mazkur etilganlar kofirlar bo'lganlari uchun ikkinchi fazilat tushib qoladi. Shuningdek, Allohning ism va sifatlari fazilat va ulug'likda barchasi tengdir, bir-­biridan bu jihatdan farq etmas.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ota-­onalari fitrat (islomiy tabiat – islom)da vafot etganlar. Amakisi Abu Tolib kofirlik holida olamdan o'tgan. Qosim, Tohir, Ibrohim – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o'g'illari, Fotima, Zaynab, Ruqayya va Ummu Kulsum – qizlaridir.

(Imom A'zam Abu Hanifa rahmatullohi alayhning “Fiqhi akbar” kitobi)

loading...