ISROIL OLIMLARI: «O'SIMLIKNING HAM JONI OG'RIYDI…»

0

 

Tel-Aviv universiteti olimlari navbatdagi tadqiqotlar davomida o'simliklar ham joni og'riganda o'zidan ultratovushlar chiqarib baqirishini aniqlashdi. Tadqiqotlar tamaki va pomidor o'simligi ustida olib borildi. Ma'lum bo'ldiki, ularga ziyon yetkazilsa, sindirilsa, kesilsa, o'simliklar stress holatiga tusharkan va shu tobda baqira boshlarkan. Faqat ularning qichqirig'ini maxsus uskunalar yordamida eshitish mumkin. Bundan tashqari, o'simliklar chanqaganda, parvarishga muhtoj bo'lganda ham tovush chiqaradi. Bunda tamaki o'simligi 61-65, pomidor esa 49 kilogersdan iborat tovushga ega bo'ladi.

 

loading...