Rossiya 4 yilga Olimpiada va jahon chempionatlaridan chetlatildi

0

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ijroiya qo'mitasi Rossiyani to'rt yilga yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum qildi.

Manbaga ko'ra, Rossiya ishtirok etmaydigan turnirlarga – Olimpiya o'yinlari va jahon chempionatlari kiradi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi davlat xizmatchilarining xalqaro sport tadbirlariga borishi taqiqlandi.

Bunga RUSADA Moskva antidoping laboratoriyasi ma'lumotlarini soxtalashtirilgani mana shunday keskin jazoga sababchi bo'ldi.

Rossiyalik sportchilar Tokiodagi 2020 yilgi Olimpiadada ishtirok etishga qo'yiladi, biroq 2018 yil Pyongchangda bo'lib o'tgan qishki Olimpiadadagi kabi neytral maqomda ishtirok etadilar. Rossiya bayrog'i taqiq ostida bo'ladi, g'olib bo'lgan sportchilar sharafiga Rossiya madhiyasi yangramaydi.

Xs.uz

loading...