Rossiyalik deputat o'zbekistonlik qizaloqni asrab oldi

0

Rossiya Davlat Dumasi deputati Vitaliy Milonov NTVdagi “Sekret na million” ko'rsatuvida onasi tashlab ketgan qizaloqni qanday asrab olganini aytib berdi.

Xabarda  aytilishiga ko'ra, uning onasi O'zbekiston fuqarosi, u Sankt-Peterburgdagi restoranlardan birida ishlagan. Ayolning farzandi tungi smena vaqtida dunyoga kelgan. Ayol 8 soat davomida bola bilan bo'lgan, lekin keyin uni skameykada qoldirib ketgan. Qutqarish xizmatchilari bolani tezda topib olishgan.

Milonov ushbu qizaloq haqida mahalliy OAVlar xabaridan bilib olgan va bolani o'z oilasiga olishga qaror qilgan.

“Men o'zim asrab olgan bolalarimni darhol jonu-dilim bilan yaxshi ko'rib qolganman,  ular mening jigarbandlarim”, – dedi deputat NTV efirida.

Jurnalistlar deputatning Yevdokiya ismli qizalog'ini ham studiyaga taklif qilishdi. Ayni damda u gimnastika bilan shug'ullanmoqda va figurali uchuvchi bo'lishni orzu qilmoqda. Yaqinda u 5 yoshga to'ladi. Milonov o'z farzandini «Donechka» deb chaqiradi.

Sputniknews-uz.com

loading...