TIBBIYoT XABARLARI QISQA SATRLARDA…

0

 

 

ODAM QARIShINING UChTA BOSQIChI

 

Staenford universiteti olimlari taddiqotlar davomida odam qarishining alohida bosqichlarini aniqlashdi. Bu jarayon uchta bosqichdan iborat ekan. Aniqrog'i, bizning qarish pallamiz 34, 60, 78 yoshda tezlasharkan. Ya'ni, shu yoshda qon plazmasidagi oqsillar tuzilishi o'zgaradi. Shuning natijasida qarish jarayoni boshlanadi.

Olimlar yaqin vaqtlar ichida xuddi shu jarayonga asoslangan holda qarish tufayli yuzaga keladigan xastaliklarga qarshi kurashning yanada ahamiyatliroq usullarini yaratishga bel bog'lashgan.

 

ODAMLARGA JAROHAT YeTKAZADIGAN USKUNA NIMA?

 

Bu uskunalardan dunyo ahlining deyarli barchasi foydalanadi. Usiz hayotini tasavvur qila olmaydi. O'sha uskuna smartfonlardir. Smartfondan taraladigan zaharli nurlarning ko'zga, bosh miyaga, yurak va yana bir qator tana a'zolarimizga salbiy ta'siri haqida ko'p gapirilgan. Ammo bundan boshqa o'ta xavfli jihati xususida negadir kam gapiriladi. Aniqrog'i, smartfondan foydalanish qoidalarini, vaqtini, tartibini unutganlar uchun bu uskuna kushanda vazifasini o'tashi tayin. Tasavvur qiling, yigit yoki qiz qulog'iga naushnik taqqan holda ko'chada ketyapti yoki katta yo'lni kesib o'tyapti. Yoki bo'lmasa, avtomobil rulini boshqarayotgan haydovchi astoydil smartfon orqali kim bilandir gaplashib ketmoqda. Bunday holatlarni sanab sanog'iga yetib bo'lmaydi. Ana shu odatlar esa 1998-2017 yillar oralig'ida 3 mmillion nafarga yaqin odamni o'limga yuz tuttirdi. Amerikaning o'zida 76 ming kishi smartfonning qurboniga aylangan. Shuning uchun smartfon deb atalmish zamonaviy uskunalardan to'g'ri foydalanishimiz lozim ekan. Olimlar ham barchaga shunday maslahat berishmoqda.

Salomat bo'ling!

 

loading...