Zelenskiyning o'zbekistonlik qiyofadoshi Ukraina prezidenti rolini o'ynaydi

0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning qiyofadoshi – o'zbekistonlik mexanik Umid Isabayev “Xalq xizmatchisi” (Sluga naroda) serialida Ukraina prezidenti rolini o'ynaydi.

Hozirda Umid Yaltada aktyorlik asoslarini o'rganmoqda. Film suratga olish ishlari ham o'sha yerda bo'ladi.

Mashhurlik to'lqinidan keyin Umid Isabayevning butun hayoti o'zgarmoqda, u hamma takliflarni qabul qilmoqda: «Comedy Club»da chiqish qilishdan tortib kinoda rol o'ynashgacha. “Xalq xizmatchisi” seriali esa yosh ijodkor karyerasining boshlanishi bo'lishi ham mumkin.

“Xalq xizmatchisi” rejissyor Aleksey Kiryushenko tomonidan ishlangan bo'lib, film shiori “keyingi prezident tarixi” deb nomlanadi. Film bosh qahramoni hozirda Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiy bo'ladi.

“Xalq xizmatchisi” (Sluga naroda) serialining ukrain versiyasi 2015 yilda suratga olina boshlangan. Unda Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiy rol o'ynagan. Umid Isabayev o'ynayotgan film esa ukrain serialining rus versiyasidir.

Sof.uz

loading...