Samarqandda 50 ming so'mga uyini yigit va qizga ishqiy munosabatlar uchun berib turgan yigit ushlandi

0

Samarqand viloyatining Payariq tumanida uyini qo'shmachilik uchun bergan yigit qo'lga olindi.

Ma'lum bo'lishicha tumanda yashovchi 1993 yilda tug'ilgan A.N.ning yoniga T. ismli yigit kelib J. bilan jinsiy aloqada bo'lish uchun uyini 50 ming so'mga ijaraga so'raydi. O'zi ishsiz yurgan yigit A.N. bunga joyida ko'nadi va olgan pullarni sanayotganda tuman IIB JQB xodimlari tomonidan qo'lga olinadi. Aniqlanishicha yigit shu uyda ota-onasi vafot etgandan beri 2000 yildan yashab keladi.

Voqea yuzasidan bo'lib o'tgan sudda A.N. o'z qilmishiga chin dildan pushaymon ekann, u ushbu ishni pulga muhtoj bo'lib qolgani uchun qilganini aytgan va sud qaroriga ko'ra A.N.ga 250 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlandi.

loading...