Trampni «tentak chol», deb atashdi!

0

«Uning bu qadar jiddiy emasligi va o'zini yo'qotganidan, kun kelib u haqda «telba chol», deyishdan boshqa ilojimiz qolmasligi mumkin», – deb bayonot qilgan Kim Yon Chxol.
AQSh prezidenti Donald Trampning yaqinda KXDR haqida aytgan gaplari ixlosimizni qaytarmoqda va uning «telba chol» ekanligini ko'rsatmoqda, deb bayonot qildi Shimoliy Koreyaning Osiyo-Tinch okeanida tinchlik uchun qo'mitasi raisi Kim Yon Chxol.

Tramp sal oldin o'zining «Twitter»ida KXDR yetakchisi Kim Chen In «o'ta aqlli» ekanligini, agar juda dushmanona harakat qiladigan bo'lsa, «hammasini yo'qotishi» mumkinligi haqida yozgan edi. Trampga ko'ra, Kim Chen In shu bois «Qo'shma shtatlar prezidenti bilan bo'lgan «o'ta yaxshi munosabatlarini» oshkor etmaydi yoxud AQShda noyabr oyida bo'ladigan saylovlarga aralashmaydi».

Tramp, bunga qadar, 7 dekabrda ham jurnalistlarga shimoliy koreyalik yetakchi bilan «munosabatlari o'ta yaxshiligini», ammo shu bilan birga KXDR tomonidan muayyan dushmanlik borligini aytgan edi.

«Bizning boshqa yo'qotadigan narsamiz yo'q. Hatto AQSh bizdan yana nimanidir olib qo'yish bilan tahdid qilsa, ular bizning mavjudligimizni, bizning kuchimizni, ularga bo'lgan nafratimizni bizdan tortib ololmaydi… Tramp agar biz nimadir qilsak, u qattiq hayratlanishi haqida aytgan edi. U albatta, hayratlanadi. Biz u hayratlanishi uchun albatta buni qilamiz, agar u hayratlanmasa, bizning ixlosimiz qaytadi», – deb aytgan Kim Yon Chxol, uning so'zlaridan Koreya Markaziy telegraf agentligi iqtibos keltirgan.

KXDR Trampning tahdidlarini «it akillashi»ga o'xshatdi

Kim Yon Chxol, shuningdek, Trampning so'zlari, bu shunchaki «tahdid» ekanligini va bunday xatti-harakat «ko'ngil sovishini» keltirib chiqarishini qo'shimcha qildi. «U bunday harakatlarga yo'l qo'yib, har safar shunchaki o'zining sabrni yo'qotgan chol ekanligini isbotlamoqda. Uning so'zlaridan u haddan ziyod xavotirdaligi bilinyapti. Uning bu qadar jiddiy emasligi va o'zini yo'qotganligidan, kun kelib uni «telba chol» deyishdan boshqa ilojimiz qolmasligi mumkin», – deb bayonot qilgan Kim Yon Chxol.

U, shuningdek, agar Tramp bunday harakatlarini davom ettirsa, «Rais Kim Chen Inning u haqdagi fikri o'zgarishi mumkinligini» qo'shimcha qilgan.

sputnik.uz

 

loading...