Bugun klublar o'rtasidagi jahon chempionati boshlanadi FOTO

0

11 dekabridan 22 dekabriga qadar Qatar poytaxti Doha shahrida hisob bo'yicha 16 klublar miqyosidagi jahon chempionati bo'lib o'tadi. 

Ushbu musobaqada 6 qit'aning 7 jamoasi ishtirok etadi:

“Al-Sadd” – mezbon va Qatar Yulduzlar Ligasi g'olibi;
“Liverpul” (Angliya) – Yevropa Chempionlar Ligasi g'olibi;
“Flamengo” (Braziliya) – J.Amerika Libertadores Kubogi g'olibi;
“Monterrey” (Meksika) – KONKAKAF Chempionlar Ligasi g'olibi;
“Al-Hilol” (S.Arabistoni) – Osiyo Chempionlar Ligasi g'olibi;
“Esperans” (Tunis) – Afrika Chempionlar Ligasi g'olibi;
“Iengen Sport” (Ya.Kaledoniya) – Okeaniya Chempionlar Ligasi g'olibi.

Ilk bosqich bahsi bugun «Al-Sadd» hamda «Iengen» o'rtasida o'tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi. Mazkur juftlik g'olibi keyingi raundda «Monterrey»ga qarshi to'qnash keladi.

Ushbu bosqichning ikkinchi o'yini esa “Al-Hilol” – «Esperens» o'rtasida o'tkaziladi va g'alaba qozongan jamoa yarim finalda “Flamengo” bilan uchrashadi.

«Liverpul» esa final ostonasida «Monterrey», «Iengen» yoki «Al-Sadd» klublaridan biriga duch keladi.

loading...