Sudyalarning o'rtacha oylik ish haqi ma'lum bo'ldi

0

Oliy sud sudyasi Ibrohim Tojiyev Xalqaro press-klubda bo'lib o'tgan anjumanda sudyalarning o'rtacha oylik maoshi haqida ma'lumotni ochiqladi.

«Hozirgi kunda Oliy sudda faoliyat yuritayotgan sudyalarning o'rtacha oylik ish haqi 5 000 000 so'mdan 8 000 000 so'mgacha yetadi», – deydi u.

Bundan tashqari press-klub sessiyasida Milliy tiklanish demokratik partiyasi deputati Nodirjon Muxtorov tuman sudyasi viloyat sudyasidan, viloyat sudyasi Oliy sud sudyasidan erkin bo'lishi lozimligi, bundan tashqari jinoyat kodeksini liberallashtirish lozimligini taklif qilmoqda.

Shuningdek, Oliy sud sudyasi Ilhom Rahmonqulovning fikriga ko'ra,  O'zbekiston jamiyatida sudyalarga nisbatan ishonchsizlikka sudyalarning mustaqil bo'lmagani sababdir.

Sputniknews-uz.com

loading...