«Beqaror» serialidagi Gulxonim haqida..

0

«Beqaror» serialida Gulxonim rolini o'ynagan jajji qizaloq tomoshabinlarni o'ziga maftun etdi. Chindan ham, qizaloqning yoqimtoyligi, hozirjavobligi, ziyrakligi har qanday odamni qoyil qoldirishi ajablanarli emas. Serialda Gulxonimni jajji aktrisa Ebrar Alya Demirbilek o'ynadi.

Ebrar Alya Demirbilek 2013 yil 30 sentyabrda Turkiyaning Istanbul shahrida tug'ildi. Uning otasi Erdal  — savdo do'koni egasi. Onasi Laylo — uy bekasi. Ebrarning Sude ismli opasi bor.

Ota-onasi Ebrarni tug'ilganidanoq mashhur qilishni istadi. Ilk bor Ebrar uch yoshida «Sen hayot deb ataydiganing» serialida ekranda ko'rinish berdi. Bir yil o'tmay uni boshqa serial  — «Yolg'onchi dunyo»da suratga olishni boshlashdi. Bu loyihada u Defne rolini o'ynadi.

2015 yilda Ebrar «Sen menikisan», 2017 yilda «Tugmali qahramonlar» serialida suratga tushdi. 2017 yilda «Boladan bilib ol» ko'rsatuvini ham olib bordi. 2018 yilda esa «Hurkush: samo qahramoni» serialida Vehijaning qizini o'ynadi. Xuddi shu yili «Farishtalar sevgisi» serialida suratga tushdi.

2019 yilda Ebrar suratga tushgan «Beqaror» seriali tomoshabinlar orasida juda ommalashdi. Jajji qizaloq bu roli bilan muxlislar qalbini zabt etdi.

Ebrar olti yoshgacha so'rg'ich so'rardi, u shu tariqa uxlash oldidan xotirjam bo'lardi.

Ebrar Alya Demirbilek hozir ham turli reklama roliklarida suratga tushadi, asosan, bolalarning liboslarini reklama qiladi.

Jajji aktrisaning «Instagram»da ham o'z sahifasi bor, uni onasi yuritadi.

Ebrar Alya Demirbilekning menejeri  — Serhat Turxan.

loading...