Davron Fayziyev: “Qur'agacha o'z variantlaringizni o'ylab ko'ring”

1
Xabaringiz bor, YeChL joriy mavsum pley-off bosqichiga yo'l olgan barcha jamoalar nomi ma'lum bo'ldi. Taniqli sport jurnalisti, sport sharhlovchisi Davron Fayziyev bu haqda o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“UEFA chempionlar ligasi tarixida birinchi bor pley-off ishtirokchilarining barchasi kuchli beshlik chempionatlari klublaridan iborat. Bu esa kuchli juftliklar soni oshishiga xizmat qiladi. Guruh bosqichlarida xet-trik va pokerlar soni bo'yicha rekord o'rnatildi. Kecha Jesus uchta urgach ularning soni 9 taga yetdi. «Inter»ni aytmasa (aslida uyam munosiblarga yutqazdi) kuchli klublar turnirni tark etmadi.
Buyog'iga e'tibor qur'aga qaratiladi. 5 ta mamalakat vakillari bo'lgani uchun juftliklarni tahmin qilib ko'rish osonlashdi, bir mamlakat jamoalari raqib bo'lmaydi. Bitta guruhda o'ynaganlar ham tushmasligi variantlarni yana qisqartiradi. UEFA qur'ani 16 dekabr dushanba kuniga belgilagan. Ungacha esa o'z variantlaringizni o'ylab ko'ring”, – deya yozgan telegram’dagi sahifasiga Davron Fayziyev. 
loading...

1 TA FIKR

  1. Yuventus – Lion
    Liverpol – Real M
    Man.Siti – Napoli
    Barselona – Tottenxam Xotspur
    Bavariya – Chelsi
    Leypsig – Atletiko M
    PSJ – Atalanta
    Valensiya – Borussiya D

Comments are closed.