Polietilen korxona egasi 32 million so'mdan ortiq zararni to'lashga majbur bo'ldi

0

Majburiy ijro byurosi Shahrixon tuman bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tekshirishlar davomida, tumanda joylashgan oilaviy korxonaga qarashli polietilen mahsulotlarini qayta ishlash sexida elektr energiyasidan foydalanish uchun tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmagan holda o'zboshimchalik bilan ulanib, foydalanganligi aniqlangan.

Natijada tuman elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga 32 mln 664 ming so'm miqdorida zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbari yetkazilgan 32 mln 664 ming so'm zararni to'liq qoplaganligi sababli, javobgarlikdan ozod etildi.

loading...