Prezident va hukumatning hujjatlari bilan tuzilgan 29ta alohida idoralararo kollegial organ tugatilmoqda

0

O'zbekiston Respublikasi prezidenti va O'zbekiston Respublikasi hukumatining hujjatlari bilan tuzilgan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab tugatilayotgan alohida idoralararo kollegial organlar ro'yxati e'lon qilindi.

O'zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan “Byurokratik to'siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaror imzolandi. Hujjat bilan Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning O'zbekiston Respublikasi prezidenti va O'zbekiston Respublikasi hukumati hujjatlari bilan tuzilgan ro'yxat bo'yicha alohida idoralararo kollegial organlarning ayrimlari vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga o'tkazgan holda, 2020 yil 1 yanvardan boshlab ularni tugatish to'g'risidagi taklifiga rozilik berildi.

 

kun.uz

loading...