Davlat xizmatlari ko'rsatishning ayrim tashkilotlardan “tortib” olinayotganiga izoh berildi

0

“Ayrim davlat tashkilotlaridan ularda mavjud, inson omili asosida tashkil etilgan davlat xizmatlarini bizga o'tkazish bo'yicha qiyinchiliklarga duch kelamiz. Normativ-huquqiy hujjat asosida xizmat ko'rsatish ulardan “tortib” olinmasa, boshqa iloji qolmayapti. Jigaridan bo'lganmi, bilmayman, qiyin”, deydi Davlat xizmatlari agentligi direktori Halilillo To'raxo'jayev.

DXM binolarini qurishda oqsayotgan viloyatlar “reytingi” ochiqlandi
Axborot  va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat xizmatlari agentligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida agentlik direktori davlat raqamlarini agentlik markazlarida sotish masalasida tegishli qaror loyihasi tayyorlanganini qayd etdi. Unga ko'ra, loyihaga rozilik bo'yicha ichki ishlar idoralaridan tashqari boshqa barcha tashkilotlar imzosi olingan. Ular tomonidan imzo masalasi ko'rib chiqilmoqda. Tez kunda bu ijobiy hal bo'lishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, rivojlangan davlatlarda avtomototransportlarga davlat raqamlarini berishda davlat xizmatlarini ko'rsatish markazlari bevosita ishtirok etadi. Barcha ishlar elektronlashtirilgan tizim orqali amalga oshiriladi. Unda inson omili ishtirok etmaydi. Bu o'z-o'zidan boshqa illatlar urchishining oldini oladi.

“Aholiga davlat xizmatlari ko'rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish  chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmoniga ko'ra, aholiga xizmat ko'rsatish sifatini oshirish izchillikda davom ettiriladi. Unda 2020 yil 1 noyabriga qadar avtomototransport vositalarini ro'yxatdan o'tkazish agentlik zimmasiga yuklanishi belgilangan. Mas'ul ijrochi Ichki ishlar vazirligi hisoblanadi. Bu vazifa amalga oshsa, yuridik va jismoniy shaxslarga raqamlarni berish tizimi ham agentlik ixtiyoriga o'tishi mumkin.

Agentlik xodimlari fuqarolarning ehtiyoji, raqam berish tizimini (auksionda sotilayotgan raqamlardan tashqari) shaffof yo'lga qo'yish va insonlar duch kelayotgan byurokratik to'siqlarni bartaraf etish maqsadida loyiha avvaldan taqdim etilganligini tushuntirishdi.

loading...