Hindistondagi maktab muallimlari o'quvchilarga ilakishgan yovuz ruhni haydash uchun jodugar chaqirishdi…

0

 

Hindistonning Odisha shtatiga qarashli Rayagada shahridagi maktablardan biri muallimlari 7-8- sinflarda o'qiydigan uch qizga yovuz ruhlar ilakishgan degan to'xtamga kelishdi-yu, maktabga jodugar chaqirishdi. Jodugar xuddi o'sha yovuz ruhlarni haydashi lozim edi. Muallimlarning aytishiga qaraganda, uchchala qiz tanaffus paytida «bengal fikusi» deb nomlangan daraxt ostida o'ynashgan. Bu daraxtlarda esa nuqul yovuz ruhlar shoxdan-shoxga sakrab yurarmish.

Jodugar-shaman o'zining seansini o'tkazdi. Baxtga qarshi uchchala qiz ham noma'lum sabablarga ko'ra o'zlarini yomon his qilib hushidan ketdi. Sal o'tib yana ikki qiz ular qatoriga qo'shildi.

Shaman-jodugar aytdiki, daraxtlardagi yovuz ruhlar haddan tashqari jahldor va tajovuzkor ekan. U yana bir necha kundan keyin kelib qaytadan seans o'tkazishga so'z berdi.

Qizlar esa u ketgach, oradan yarim soatcha o'tib hushiga keldi. Hozir ular o'zlarini yaxshi his etmoqda.

Astag'firillo!!!

 

loading...