«Qamchiq» dovonida uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo'ldi

0

Joriy yilning 11 dekabr kuni soat 12:25 da “Qamchiq” navbatchilik maskani navbatchi-dispetcheriga “Neksiya” va “Lasetti” rusumli avtomashinalar hamda “MAN” rusumli yuk mashinasi ishtirokida yo'l transport hodisasi sodir bo'lganligi to'g'risida xabar kelib tushgan.

FVV xabariga ko'ra, “Vodiy–Toshkent” yo'nalishida harakatlanib ketayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi Q.D. boshqaruvni yo'qotib, yulning qarama-qarshi yo'nalishiga chiqib ketgan. Oqibatda qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanib kelayotgan “MAN” rusumli yuk mashinasi hamda “Lasetti” rusumli avtomashinasi ishtirokida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.

Voqea joyiga “Rezak” navbatchilik maskanidan X.Raxov boshchiligida 3 nafar qutqaruvchi hamda “Sherobod” yo'l-patrul xizmati, “Rezak” tez tibbiy yordam maskani xodimlari zudlik bilan yetib borishgan.

Sodir bo'lgan yo'l transport hodisasi oqibatida “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi J.Q. voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, mazkur mashinada bo'lgan J.I. og'ir jarohat olganligi sababli Pop tumani markaziy shifoxonasiga yuborilgan. “Lasetti” rusumli avtomashinada bo'lgan 3 nafar hamda “MAN” rusumli yuk mashinasida bo'lgan 1 nafar fuqaroga tan jarohati yetmagan.

O'zbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi

loading...