Shpris sexining “o'yin”lari fosh bo'ldi

0

Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlari davomida shahar hududida joylashgan mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli bir martalik shprislar ishlab chiqaruvchi sex boshlig'i N.U. sexning elektr hisoblagichini o'zboshimchalik bilan boshqasiga almashtirib, «PK-elektrhisob» dasturiga kiritmasdan, nazorat muhrisiz elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganlik holati aniqlangan.

Hisob-kitob natijalariga ko'ra, shpris ishlab chiqaruvchi korxona egasining bunday o'zboshimchaligi oqibatida ta'minotchi korxona manfaatlariga 69 mln 518 ming 56 so'm zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbari N.U. yetkazilgan 69 mln 518 ming so'mlik zararni to'liq qoplaganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddasi bilan javobgarlikdan ozod etildi.

loading...