ANGLIYaDA SOChINING UZUNLIGI IKKI METRGA TENG QIZ ISTIQOMAT QILADI…

0

 

U 32 yoshli rassom qiz Francheska Kluni bo'lib, haqiqatan sochlarining uzunligi ikki metrga teng. O'zining tan olib aytishicha, sochlarini 20 yildan beri umuman yuvmas ekan.

— 6 yasharligimdan soch o'stirishni boshlaganman, — deydi Francheska. — 13 yoshga yetganimda juda qiynalib ketdim. Chunki uzun sochlarni yuvish, tartibga keltirish juda og'irlik qila boshladi. Shundan keyin sochlarimni umuman yuvmaslikka ahd qildim. Avvaliga boshim kirlanib, qichishib, asabimga tegardi. Keyin bu holatlar o'tib ketdi. Hozir sochlarimni tarash uchun yarim soatgina vaqt kerak bo'ladi…

Qizig'i, sochlarini yuvmasa ham ular jozibasini yo'qotmagan. Francheskani tez-tez model agentliklariga suratga tushish uchun taklif qilishadi. Teatrda namoyishlar o'tkazadi.

Yaxshisi, quyidagi suratlarga boqib o'zingiz xulosa chiqaring.

 

loading...