Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining barcha yarim finalchilari ma'lum bo'ldi!

0
Qatar poytaxti Doha shahrida bo'lib o'tayotgan hisob bo'yicha 16 klublar o'rtasidagi jahon chempionati barcha yarim finalchilari ma'lum bo'ldi. Musobaqa mezboni Xavi boshqaruvidagi “Al-Sadd” jamoasi chorak finalda “Monterrey”ga imkoniyatni boy bergan (2:3) bo'lsa, Osiyo Chempionlar Ligasining amaldagi g'olibi “Al-Hilol” esa Tunisning “Esperans” klubini Bafetimbi Gomisning yagona goli evaziga taslim (1:0) etdi.
Demak, 1/2 bosqich juftliklari bilan tanishing:
17 dekabr, 22:30
“Flamengo” (Braziliya) – “Al-Hilol” (S.Arabistoni) 
“Monterrey” (Meksika) – “Liverpul” (Angliya)
Eslatib o'tamiz, musobaqaning hal qiluvchi bahsi 21 dekabrga rejalashtirilgan.
loading...