OFK O'zbekiston futbol assotsiatsiyani nega jarimaga tortdi?

1
OFK tartib-intizom qo'mitasi bir qator o'yinlar borasida o'z qarorini e'lon qildi, deya xabar bermoqda «SA».

Ular orasida O'zbekiston U-19 – Saudiya Arabistoni U-19 uchrashuvi ham bor. OFK bu bahsda 7 nafar o'zbekistonlik futbolchi sariq kartochka olgani uchun O'FAni 2730 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortdi. Ushbu jarimani O'FA 30 kun ichida to'lashi lozim.

Ma'lumot uchun, ushbu o'yin so'nggida ikkala jamoa futbolchilari mushtlashib ketishgani haqida Alisher Nikimbayev o'z «telegram» kanalida yozgan edi. Biroq bu mushtlashuv borasida OFK hali yakuniy qaror qabul qilmagan.

loading...

1 TA FIKR

Comments are closed.