Samarqand viloyat hokimi o'rinbosari Gavhar ALIMOVA: «Voyaga yetmagan qizi homilador, ammo onasi bundan bexabar…»

0

 

Yaqinda Samarqand viloyat hokimi o'rinbosari Gavhar Alimova respublikamizda bolalar tarbiyasi qanchalar sustlashib ketganini misollar yordamida aytib berdi. Uning aytishicha, ayrim ota-onalar bolalarining tarbiyasi bilan umuman qiziqmay qo'ygan. Bola qaerda, nima bilan mashg'ulligi haqida o'ylab ham ko'rishmaydi.

— Bir voqea sodir bo'ldi, — deydi Gavhar Alimova. — 16 yashar qiz homilador bo'lib qolgan. Onasi esa qizining homiladorligini sezmagan ham. Tushunmayman, qanday qilib ota-ona bolasining taqdiriga shu qadar befarq bo'lsa?..

Hokim o'rinbosarining fikriga ko'ra, ota-ona farzandlarini qanday sharoitda qolishidan qat'i nazar to'g'ri tarbiyalashi kerak. Qiyinchiliklarni ro'kach qilib bu masalani ochiq qoldirmasligi lozim. Chunki hayotda eng muhim narsa bu bola tarbiyasidir.

upl. uz

loading...