Shimoliy Koreya navbatdagi raketa sinovlarini amalga oshirdi…

0

 

«STAK» agentligining xabariga ko'ra, Shimoliy Koreya shu yil 13 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22: 41 dan 22: 48 ga qadar navbatdagi raketa sinovini amalga oshirgan. Lekin aynan qaysi rusumdagi raketa havoga uchirilgani oshkor qilinmagan. Shimoliy Koreya mudofaa fanlari akademiyasi vakillaridan birining aytishicha, bu sinov mamlakat yadro qudratini yana bir pog'ona yuqoriga ko'tardi.

Rasmiy Pxenyan ballistik raketalar sinovlari, yadro qurolini yanada taraqqiy ettirishga Amerika va Janubiy Koreya majbur etayotganini ma'lum qilgan. Aynan ularning birgalikdagi harbiy o'quv mashg'ulotlari tashkil etishi Shimoliy Koreya aholisi va hududiy xavfsizligiga rahna solmoqda ekan.

 

loading...