Qashqadaryoda o'g'lining qarzi borligi uchun onasining pensiyasini muzlatib qo'yishdi…

0

 

Bu voqea Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanida sodir bo'ldi. Ismi-sharifi ma'lum qilinmagan erkak ilgarigi xotinidan tug'ilgan ikki bolasi uchun ikki yildan beri aliment to'lamay kelardi. Aliment miqdori 14 million so'mga yetibdi. Qarz undirishga kelgan majburiy ijro byurosidagilar qarz evaziga keksa onasining pensiyasini muzlatib qo'ydi. Shundan keyin qarzdor qarzlarining 10 mln 732 ming so'mini to'lab berdi.

Hozircha majburiy ijro byurosidagilarning ushbu harakatini mutasaddi tashkilotlar hech qaysi tarafdan baholaganicha yo'q.

upl. uz

loading...