OZARBAYJONDAGI NAShRLARDAN BIRI ShAVKAT MIRZIYOYEVNI «YIL ODAMI» DEYa E'LON QILDI…

0

 

Ozarbayjondagi «Tarixiy shaxsiyatlar» jurnali ijodiy jamoasi respublikamiz prezidenti Shavkat Mirziyoyevni «Yil odami» deya e'lon qildi. Ilgari bu sharafli nomga Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Turkiya prezidenti Rajap Toyip Erdo'g'anlar munosib ko'rilgandi.

— O'zbekistonning taraqqiyoti va gullab-yashnashi, respublikaning Xalqaro maydondagi nufuzi ortishi, Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi har taraflama munosabatlar mustahkamlanishiga munosib hissa qo'shgani uchun, — deyiladi jurnalda e'lon qilingan maqolada. — Biz jurnalimiz ijodiy jamoasi bilan o'zaro maslahatlashgan holda Shavkat Mirziyoyevni «Yil odami» deb atashga qaror qildik…

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, ushbu jurnalning prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga bag'ishlangan maxsus soni Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi, Geydar Aliyev nomli Ozarbayjon madaniyat markazi yordamida chop etilgan. Yaqin vaqtlarda O'zbekistonda jurnalning taqdimot marosimi tashkil etiladi.

«Tarixiy shaxsiyatlar» jurnali Ozarbayjonda 2006 yildan beri chop etib kelinadi. Har yili dunyodagi eng ko'zga ko'ringan shaxslarni «Yil odami» deya e'lon qilish jurnal ijodiy jamoasining an'anasiga aylangan. Agar 2017 yili Turkiya rahbari Rajap Toyip Erdo'g'an «Yil odami» deya e'lon qilingan bo'lsa, 2018 yili bu sharafli nomga Rossiya prezidenti Vladimir Putin munosib deb topilgan.

 

loading...