«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «SULTON SULAYMON VA FERUZA XOTINNING REAL TARIXI…»

0

 

«Muhtasham yuz yil» teleserialini to'liq tomosha qilganlar Feruza xotinni juda yaxshi tanishadi. U Persiya (hozirgi Eron) podshosining qarindoshi va maxfiy agenti bo'lgan. Uni To'pqopi saroyiga keltirib sulton Sulaymon bilan tanishtirishadi. Sulton Feruzani yoqtirib qoladi va u bilan xilvatlarda ko'ngilxushlik qiladi. Xurram sulton uchun esa Feruza xotin ashaddiy dushman edi. Shu sababli Xurram sulton qanday qilib bo'lmasin Feruzani yo'q qilish payiga tushadi. Yo'lini topadi ham. U Feruzaning badanida pers oliy nasabli vakillariga tegishli tatuirovka borligidan xabar topadi. Mana shu yerda serialda reallikdan qochishgan. Chunki sulton Sulaymon Feruza bilan uzoq vaqt birga bo'lgan. Nahotki, o'sha tatuirovkani ko'rmagan bo'lsa? Bu ham mayli. Yana bir haqli savol tug'iladi. Feruzaning siri ochilgach, Sulaymon u bilan uchrashishni bas qildi. Vaqtincha o'rmondagi koshonasiga go'yoki surgun qildi. Xurram sulton bo'lsa, Persiyadan kelgan askarlar Feruzani bemalol olib ketishlariga imkon yaratib berdi. Bu ishni ham ishonchli odami, kuyovi Rustam poshshaning zimmasiga yukladi. Ammo qanday qilib? Nahotki, sulton Sulaymonning qo'riqchilari perslarga indamasdan Feruzani berib yubordi? Axir, bu ishi uchun hammasining kallasi ketardi-ku! Xuddi shu o'rinda real tarixiy manba serialga kiritilmagan. Tarixiy ma'lumotlarda ta'kidlanadiki, Xurram sulton Rustam poshsha orqali Feruzani qo'riqlayotgan askarlarning barchasini oltin evaziga sotib olgan. Shuning uchun ular indamasdan Feruzani perslar olib ketishiga imkon yaratib bergan. Xurram sulton esa kallasi ketishi mumkin bo'lgan askarlarning ham hayotini saqlab qolgan. Sulton Sulaymonga Feruza yo'lini topib qochib ketganini aytgan, vassalom.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading...