SURATDAGI ARVOH KIM BO'LDI?..

0

 

Angliyaning Saut-Yorkshir grafligiga qarashli Barnsli shahrida yashovchi 25 yoshli Kelli Grin yaqinda dugonasi bilan internetning «Snapchat» dasturi orqali gaplashayotgandi. Dugonasi Kellining orqa tomonida g'alati bir qiyofaga ega qizaloq turganini ko'rib qoldi-yu, darrov suratga olib jo'natdi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, Kellining ortida haqiqatan g'alatomuz qiyofaga ega qizaloqning arvohi turardi.

 

Kelli suratni ota-onasiga ko'rsatdi. Ular aslida arvohlarni qidirishga oshifta edilar. Otasi Derek suratni ko'rgandayoq bu Kelli tug'ilmasidan ikki yil oldin ona qornida halok bo'lgan qizalog'i ekanini aytib turib oldi. Kelli qo'rqib ketdi. Bu arvoh endi-endi tetapoya bo'la boshlagan qizalog'iga ziyon yetkazib qo'ysa-chi?..

Ammo Kanadada yashovchi qarindoshlaridan biri Kellini tinchlantirdi. U aytdiki, qizaloqning arvohi Derek aytganidek ona qornida halok bo'lgan go'dakning surati emas. Bu 17-asrlarda yashagan qizaloqning arvohi. Chunki egnidagi kiyim ham bir necha asr oldin yashagan odamlarga xos edi.

Kelli tinchlangan bo'lsa-da, baribir yuragining bir chetida xavotir uchqunlardi. Umuman, nega bu arvoh aynan uning suratida yuz ko'rsatdi? Niyati nima?

 

loading...