O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 3 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

3 yanvar kuni qo'y burji vakillarini jiddiy muammolar hamda stressli lahzalar kutadi. Ammo asabiylashish kerak emas. Aks holda yanada ichkarilab ketishingiz hech gap emas. Omadga erishishning eskicha usullaridan foydalaning. Albatta kutilgan natijani olasiz. Shoshilmasangiz, eng muhim loyihalar sizni tark etib ketib qolishi mumkin. Kissangiz qurib qolgan bo'lsa to'ldirishning yo'llarini izlang. Qo'shimcha daromad keltiradigan ish toping.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

Bugun uyqudan uyg'oniboq tanangizda kuchli charchoq alomatlarini his etsangiz, sira hayron bo'lmang. Bayramdan keyin spirtli ichimliklarni ko'proq ichte'mol qilgan bo'lishingiz yoki ko'proq harakatlanib qo'ygan bo'lishingiz mumkin. Buni hammomda parlanish, mineral suv va yengil hazm bo'luvchi salat iste'moli bartaraf etadi. Do'stlardan biri mehmonga chaqirsa, qat'iyan rad eting. Ustingizga bugun pullar yomg'iri yog'masa-da, kissangiz pulga to'la bo'lishi kutilmoqda.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

3 yanvarda vaqtni aslo behuda o'tkaza ko'rmang. Ish grafigi buzilishiga ham yo'l qo'ymang. Oilaviy hayotda turli janjalli vaziyatlardan o'zingizni ola qoching. Tezroq qochib qolmasangiz, janjallar sizni zabtiga olishi tayin. Boshqa masalalar bilan bugun yolg'izlikda harakatlar sodir etasiz. Moliyada plastik kartochkangizga pul kelib tushish ehtimoli bor. Yaxshi kunlarga deb saqlab qo'ying. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

Bugun har bir katta-kichik voqea-hodisa asabingizga tega boshlaydi. Shuning uchun yaxshisi yolg'iz qolishingiz kerak. Kitob o'qing, film tomosha qiling yoki ko'chada piyoda sayr qiling. Shaxsiy avtomobili borlarga bugun rulga o'tirish tavsiya qilinmaydi. Ovqatlanishda juda ehtiyot bo'ling. Zaharlanib qolishingiz xavfi bor. Ko'proq mevalar, sabzavotlar, sharbat va oqsilga boy mahsulotlarni iste'mol qiling.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

3 yanvar kuni tabiatingizdagi buyruq berishga moyillikni chetga surib turmasangiz bo'lmaydi. Aks holda shunday davraga tushib qolasizki, shu odatingiz sho'ringizga sho'rva bo'lib to'kilishi mumkin. Organizmingizga shafqat qiling. Oshqozonga dam bering. Oilalilar eski xatolarni takrorlab qo'yishdan saqlansinlar. Yaqinlaringizga dimog'dorlarcha munosabat yuritmang.

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

Bugun pullaringizni va salomatligingizni qattiq turib himoya qiishingiz tavsiya etiladi. Kun davomida olisdagi qarindoshlaringizga tegishli bir sir ochilishi mumkin. Qanday sirligini hozircha xudoning o'zi biladi. Do'stlardan biri bilan muloqot chog'ida orangizda janjal kelib chiqish ehtimoli bor. Ehtiyot bo'ling. Janjal pulning orqasidan kelib chiqishi ehtimolga yaqin. Kechqurun kimdir qo'lingizga bir dasta pul tutqazishi mumkin. Pul tutqazuvchilarning keti uzilmasaydi.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

3 yanvarda birinchi bo'lib asab tizimingizga dam berishingiz kerak bo'ladi. Keyingi paytlarda arzimas sabablar bilan ham tez asabiylasha boshlaydigan bo'lib qolgansiz. O'zingizga rahmingiz kelsin. Muhabbatda yorqin lahzalarning barchasi sizniki bo'ladi. Juftingiz bilan orangizdagi munosabatlar yanada iliq tortadi. Tadbirkorlarga bugun shoshma-shosharlikka yo'l qo'yish tavsiya etilmaydi. Baribir o'zingiz istagancha daromad ola bilmaysiz.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun har jabhada nihoyatda e'tiborlilik talab qilinadi. Sizga hasad qiladiganlar favqulodda g'imirlab qolishadi. Ular nazaridan qochish yo'llarini qidirishingiz kerak. Ishxonangizda rahbarlardan ham maqtovlar eshitasiz. Mukofot puli ham olasiz. Shu bahonada rahbarlar zimmangizga yanada murakkabroq vazifalarni yuklashadi. Sizga ko'proq ishonishadi-da. Kechqurun xonadoningizga chaqirilmagan mehmonlar tashrif buyuradi. Salomatligingizni asrang. To'g'ri ovqatlaning.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

3 yanvar kuni vaqt nazdingizda shu qadar tez o'tadiki, go'yo ko'z ochib yumguncha kech bo'lib qolgandek. Nimani reja qilgan bo'lsangiz, barchasi kun davomida amalga oshadi. Hamkasblar sizga havas bilan boqadi, sizdan o'rnak ola boshlaydi. Moliyaviy masalada yo'qotishlarga yuz tutmaysiz. Lekin tejamkorlik baribir ortiqchalik qilmaydi. Ro'zg'ordagi muammolarni bartaraf etishda do'stlar yordamiga tayaning.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Kerakli ish bilangina shug'ullanmasdan, boshqa yumushlarga qo'l ura boshlasangiz, organizmingiz jismoniy zo'riqishga uchraydi. Shaxsiy hayotda imkon boricha muammolardan qoching. O'zingizga ko'proq ishoning, tashabbuskorroq bo'ling. Tuyg'ularingizni juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizdan sir tutishni bas qiling. Bugun tadbirkorlar xorij safariga jo'nab ketadi. Safar siz uchun muvaffaqiyatli kechadi. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

3 yanvarda shaxsiy avtomobili borlar kun davomida asosan rulda o'tirib vaqt o'tkazishlariga to'g'ri keladi. Ammo shaxsiy muammolarni ham unutib qo'ymasligingiz lozim. Kimlar bilandir telefon orqali gaplashasiz, qaysidir jarayonlarni boshqarasiz va kimlargadir bergan va'dalaringizni bajarishdan bo'lak chora topa olmaysiz. Kechqurun taqdir sizga kutilmagan sovg'alar hozirlab qo'yadi.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

Kunning yarmini eski yildan qolib ketgan ishlarni oxiriga yetkazish bilan band bo'lasiz. Shuni deb shaxsiy hayotdagi eng qiziqarli hodisalarni o'tkazib yuborishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Oilasizlar pul muammosi tufayli romantik uchrashuvdan mahrum bo'lishlari mumkin. Spirtli ichimliklar iste'moli qat'iyan taqiqlanadi. Aks holda salomatligingizga putur yetadi. Kechqurun sportzalda vaqt o'tkazganingiz maqsadga muvofiqroq bo'ladi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...