Tramp buyrug'i bilan general Qosim Sulaymoniyning o'ldirilishi oqibatida oltin va neft narxi keskin ko'tarildi

0

Pentagon Bag'dod xalqaro aeroporti yaqinidagi marraga aviazarba berdi. Zarba nishoni Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning «Al-Quds» maxsus bo'linmasi qo'mondoni general Qosim Sulaymoniy bo'lgan — hujum oqibatida u halok bo'lgan. Zarba AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga asosan berilgan. Rasmiy Vashington IIMKni terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydi.

Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning «Al-Quds» maxsus bo'linmasi qo'mondoni general Qosim Sulaymoniyning o'ldirilishini AQSh tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik akti deya baholadi.

Eron oliy yetakchisi Oyatulla Ali Xomanaiy Iroqda general Qosim Sulaymoniy o'ldirilgani sababli mamlakatda 3 kunlik milliy motam e'lon qildi.

Forbes’ning yozishicha, Sulaymoniyning o'limidan keyin 2 yanvardan 3 yanvarga o'tar kechasi Brent nefti narxi qariyb 4 foizga qimmatlashib, bir barrel uchun 68,86 dollarni tashkil etgan.

Sulaymoniyning o'limi oltinning narxiga ham ta'sir ko'rsatdi. Fevralda yetkazib beriladigan oltinning narxi qariyb 1 foizga qimmatlashib, bir unsiya uchun 1524 dollarni tashkil etdi. Bu esa 2019 yilning 5 sentyabridan beri qayd etilgan eng yuqori ko'rsatkichdir.

 

daryo.uz

loading...