«Muhtasham yuz yil»dagi sultonning go'zal singlisi haqida siz bilmaganlar…

0

Butun dunyoda uni «Muhtasham yuz yil»dagi sulton Sulaymonning go'zal singlisi sifatida tanishadi. Tomoshabinlar serialning bir necha fasli davomida Sulaymon davridagi eng go'zal ayollardan birining muhabbat qissasini Selma Ergech ijrosida tomosha qilishdi.

Selma Ergech 1978 yil 1 noyabrda Germaniyaning Xamm shahrida tug'ildi. Otasi — doktor, millati turk. Onasi — nemis, u ham shifokor. Qizaloq 5 yoshga to'lganda, oila otaning yurtiga ko'chib bordi. Avvaliga Mersin shahriga joylashishdi, ma'lum muddat o'tgach esa Anqaraga ko'chib o'tishdi. Selma boshlang'ich ta'limni turk maktabida oldi. 1989 yilda oila yana Germaniyaga qaytdi.

Tez-tez ko'chishlar va do'stlarning kamligi tufayli Ergech kamgap, bosiq qizaloq bo'lib o'sdi. Qizig'i, u 9 yoshida vegetarianga aylandi.

Selma yaxshi o'qidi — ota-onasi uning ta'lim olishiga jiddiy e'tibor berardi. 1995 yilda o'rta maktabni tamomlagandan so'ng qizni Oksford (Buyuk Britaniya) ga, Xedington maktabiga jo'natishdi. 1996-1997 yillarda Selma Lilla (Fransiya) da o'qidi, qiz u yerga talaba almashish dasturi doirasida bordi.

Otasi Selmaning shifokorlar sulolasini davom ettirishini istardi. U ota-onasining hafsalasini pir qilmaslik uchun Istanbul universiteti talabasi bo'ldi. O'qishni muvaffaqiyatli tamomladi, hatto kasalxonada internaturani o'tashga ham ulgurdi.

Selma o'zi uchun ham kutilmaganda «Shunday bo'larmikin?» filmiga tushib qoldi. Keyin «Bitta olmaning ikkita pallasi» serialida rol ijro etdi. Selma buning uchun kasalxonadan bir yillik ta'til oldi. Serialda ishlash boshlovchi aktrisaga shunchalik yoqib qoldiki, ish tugagandan so'ng tibbiyot haqida gap ham bo'lmadi. Ota-onasi qizini tushundi.

Selma Ergech «Mujdat Gezen Art Sentr» aktyorlik mahorati maktabiga o'qishga kirib, turk aktrisasi Aliya Uzunatagandan dars oldi. Birinchi serial ekranga chiqqandan so'ng aktrisaning faoliyati omadli kecha boshladi.

Yosh aktrisaga 2006 yilda «Tarmoq 2. 0» Turkiya-Amerika kartinasidagi rol mashhurlik olib keldi. Bu film turk kinoijarasida ham, Amerika kinoijarasida ham muvaffaqiyatli ketdi. Kinokartinadagi roldan so'ng aktrisaga takliflar yog'ildi. So'ng u «Besh zamon», «Tuman va tun», «Tovush» filmlarida ishladi, «Shuhrat» va «Osiyo» seriallarida suratga tushdi. Ammo bu rollar Selma Ergechning yulduzlik roli darakchilari edi, xolos.

Qizning taqdiridagi burilish 2011 yilda, «Muhtasham yuz yil» serialidagi Xatija sulton roliga taklif etilgandan so'ng bo'ldi. Kartinada eng mashhur aktyorlar ishladi. Selma bunday ulkan loyihada ishlagani uchun xursandchilikdan yettinchi osmonda edi. U bor mahoratini ishga soldi. Zero, Xatija sulton obrazi serial davomida nozik ayoldan Xurramga qarshi jangda saroy fitnalarida ishtirok etadigan xavfli shaxsga aylanadi.

Selma Ergech aktrisalikdan     tashqari, model bo'lib ishlaydi. Ba'zi brendlarning yuzi sanaladi. Bundan tashqari, uni turk modasi modellari namoyishi uchun podiumga ham taklif qilib turishadi.

Selma «Turkiyaning eng yaxshi modeli» nomiga da'vogar bo'lgan. U sport, sharq yakkakurashi, ot minish, qilichbozlikni yoqtiradi. Oltita tilni biladi.

Aktrisa «Muhtasham yuz yil»da birga ishlagan O'zgur Chevik bilan uchrashib yurdi. Keyin «Alining sakkiz kuni» va «Aktyor» filmlaridagi rollari orqali tanilgan aktyor Uygur Po'lat bilan uchrasha boshladi. Ular «Tuman va tun» filmida suratga tushayotganda tanishishgan.

2013 yilning qishida Selmaning O'kan Yalabik bilan munosabatlari haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroq ularning ikkisi ham bu gap-so'zlarni inkor etdi.

Ergech nashriyot egasi Jan O'z bilan 2015 yil 26 sentyabrda turmush qurishdi. To'y Germaniyada o'tdi. Tadbirda faqat yaqinlar ishtirok etishdi. 2016 yil 8 aprelda oilada qizaloq dunyoga keldi. Unga Yasmin deb ism qo'yishdi.

Selma «Instagram»dagi sahifasi orqali muxlislari bilan faol muloqot qiladi.

SEVINCh tayyorladi.

loading...