Eron uzog'i bilan ikki yilda o'z yadro quroliga ega bo'ladi…

0

 

Shu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian fikr bildirdi.

— Hozir Eronning ixtiyorida tayyor yadro quroli yo'q, — dedi u. — Ammo ikki yilda albatta bo'ladi. Agar biz Eronni o'z vaqtida to'xtatmasak, yadro quroliga ega chiqishiga sira shubha yo'q. Hozir Eron Vena kelishuvini ochiqchasiga inkor etmoqda. Zudlik bilan diplomatiyani ishga solgan holda Eronni to'xtatishimiz lozim…

Eslatib o'tamiz, amerikaliklarning fikricha, Eronning yadroviy dasturi Yaqin Sharqdagi vaziyatni keskinlashtirgan. 2015 yili esa Eron Angliya, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Xitoy va AQSh bilan yadro dasturini faqat tinchlik maqsadlarida ishlatish, harbiy maqsadlarda dasturdan foydalanmaslik haqida kelishuv imzolagandi. 2018 yili Amerika prezidentligini Donald Tramp egalladi-yu, kelishuvdan chiqdi. Eronga qarshi sanksiyalar e'lon qildi. O'z o'rnida Eron ham kelishuv bo'yicha zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishdan bosh tortdi.

 

loading...