ERONDA HUKUMATGA QARShI NOROZILIK AKSIYaLARI BOShLANDI…

0

 

Eronda urib tushirilgan Ukrainaga qarashli «Boeing 737-800» samolyoti bilan bog'liq norozilik aksiyalari start oldi. Yuzlab odamlar mamlakat poytaxtiga ko'chalariga chiqdi. Amir Kabir universiteti talabalari ham norozilik aksiyalarida faol ishtirok etmoqda. Politsiyachilar namoyish ishtirokchilarini haydash harakatiga tushgan.

Eslatib o'tamiz, Ukrainaga tegishli samolyot 8 yanvar kuni ertalab Tehron aeroportidan havoga ko'tarilgan-u, yerga qulab tushgan. Samolyot bortida jami 176 nafar yo'lovchi bo'lgan. Barchalari halok bo'ldi. 11 yanvar kuni Eron hukumat rahbarlari samolyot tasodifan urib tushirilganini aytishdi. Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bu halokatda Amerika hukumatini ayblagan. Norozilik aksiyasi ishtirokchilari esa samolyot atayin qasddan urib tushirilgan degan fikrda. Shu sababli ular Oyatillo Humayniyning iste'foga chiqishini talab qilmoqda. Namoyish ishtirokchilari qo'llarida «Diktatorga o'lim!», «Bosh qo'mondon, ket!» kabi yozuvlar bitilgan plakatlarni ko'tarib olishgan.

 

loading...