U-23 Osiyo chempionati. «A» guruhidan keyingi bosqichga yo'l olgan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi FOTO

0
Tailand davlatida bo'lib o'tayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi qit'a birinchiligining guruh bosqich so'nggi tur o'yinlari start oldi.

Biroz avval, “A” kvartetida parallel boshlangan uchrashuvlar o'z yakuniga yetdi va ularda bir xil natijalar qayd etildi.

Avstraliya – Bahrayn 1:1 (1:1, 0:0)

Gollar: Nadjarin 34, Marxun 45+3

Tailand – Iroq 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar: Vongkorn (pen.) 6, Qosim 49

Shu tariqa, musobaqaning keyingi bosqichiga Avstraliya peshqadam sifatida mezbon Tailand esa ikkinchi o'rin bilan yo'l oldi. Barcha uchrashuvlarda raqiblar bilan murosa yo'lini tanlagan Iroq esa Bahrayn bilan birga Osiyo chempionatini tark etdi.

loading...