O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 15 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

15 yanvar kuni sizni rosmana kaleydoskop kutadi. Hodisalar bir-biri bilan ko'z ko'rib quloq eshitmagan tezlikda almasha boshlaydi. Agar ezgu maqsadlarni ko'zlab harakatlar sodir eta boshlasangiz, tabiatingizga xos qat'iyatlilik yanada mustahkam torta boshlaydi. Ayollar, qizlar soch rangi va garderobini yangilasalar foydadan xoli bo'lmaydi. Oila qurmaganlar kechqurun romantik uchrashuvga umid bog'lasalar adashishmaydi.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

15 yanvar kuningiz xuddi ertaklardagidek kechadi. Miyangizni turli ajabtovur fantaziyalar chulg'ab oladi. Go'yoki siz sehrgarga aylanib qolasiz. Farzandlaringizga turli fokuslar ko'rsata boshlaysiz. Faqat sehrgarlikni haddidan oshirib yubormang. Sizga keyinchalik ishonmay qo'yishlari mumkin. Shaxsiy hayotingizda sizni kutilmagan sovg'alar kutib turadi. Juftingiz bilan munosabatlar yanada mustahkam tortib, kayfiyatingiz chog' bo'ladi.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

Agar bor kuchingizni faqat professional kasbingiz bilan bog'liq ishga bag'ishlashni niyat qilgan bo'lsangiz, adashasiz. Kuch boshqa jabhalarda ham asqotishini unutmang. Yolg'izlar birovni sevib qolishlari, sayohatga otlanishlari va romantikaga oshno tutinishlari kutiladi. Kunning ikkinchi yarmida xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. O'zingizni asrang.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

15 yanvarda jamiyat tomonidan o'ylab topilgan standartlarga umuman bo'ysunmaysiz. Faqat ehtiyot bo'ling. Vaziyat sizning ziyoningizga ishlay boshlamasin tag'in. Buyuk ishlarni amalga oshirish uchun o'zingizga bo'lgan ishonch va entuziazm kerak bo'ladi. Agar pulni bo'lar-bo'lmasga sarflayvermasangiz, moddiy ahvolingiz ajoyib tarzda kechadi. Salomatlikni bir maromda tutib turish uchun parhez boshlang. Omad sizga yor bo'lsin! Kechqurun toza havoda sayr qiling.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

Arslon burji ostida tavallud topganlar bugun real rejalar har doim ham amalga oshavermasligini anglab yetishadi. Oldingizda paydo bo'ladigan to'siqlarni yengib o'tish uchun mustahkam iroda kerak bo'ladi. To'siqlar juda ko'p. Shuning uchun boshqa masalalarga chalg'imasligingiz tavsiya qilinadi. Muhabbatda juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan o'zaro munosabatlar yoqimli kechadi. Ayrimlar kechqurun olis manzilga sayohat uchun otlanishlari kutilmoqda. Yo'lingiz bexatar bo'lsin!

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

15 yanvar kuni hayotiy tajriba va tartiblilik masalasida boshqalardan bir pog'ona yuqori o'rinda turishingiz kutiladi. Muhabbatda yolg'on xushomadlarga berilmang. Juftingizga xiyonat qilishdan tiyiling. Miyani ham, qo'l-oyoqlarni ham o'zingizga bo'ysundiring. Iblis yetagida qolib ketishining oldini oling. Kechqurun moddiy ahvolingiz ko'ngildagidek kechadi. Kimdir qo'lingizga bir dasta pul tutqazishi mumkin. Olloh sizga yor bo'lsin! Surunkali xastalikka yo'liqqanlar o'zlarini ehtiyot qilsinlar!

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

Bugun shaxsiy biznesi borlar, tadbirkorlarning kuni tug'adi. Hatto, raqobatchilaringiz rejali ish tutishingizni ko'rgach, sizga havasi kela boshlaganiga guvoh bo'lasiz. Shaxsiy hayotda va moliyada ishtahani nazoratda ushlang. Yangi muammolar ko'ndalang turmasligi uchun barcha ishlaringizni tartib bilan, aqlni ishlatgan holda tashkil eting. Kim bugun xizmat safariga jo'nab ketsa, albatta moddiy manfaat ko'radi. Omadingizni bersin!

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

15 yanvarda ishchanlik kayfiyatida bo'lasiz. Ish ko'p, g'oyalarning keti uzilmaydi. Martaba, lavozim yuqorilashi uchun kafolatlar yetarlidan ham ko'proq bo'ladi. Raqobatchilarga hujum uyushtirish fikridan qayting. Sizga raqobatchi bo'lib tug'ilgani uchun ularning o'zi afsusda qolishgan. Bahsli lahzalar muvaffaqiyatli yakun topadi. Bugun yangi loyihalar uchun katta pul tikmang. Olis safarga chiqsangiz, yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Surunkali xastalikka duchor bo'lganlar zudlik bilan muolajalarni boshlashi kerak. Holsizlik, ishtaha yo'qolishi, qon bosimi sakrashi kabilar sizni charchatib tashlashi ehtimolga yaqin. Vrachga borish zarur bo'lsa, albatta boring. Muhabbatda ham omadingiz chopadi. Juftingiz bilan oradagi munosabatlar tobora yuqorilashi kuzatiladi. Baxtli bo'ling!

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

15 yanvar kuni ayollar, qizlar birinchi o'rinda tashqi qiyofasiga e'tibor qaratishlari zarur. Bundan tashqari, oshqozoningiz bayram bahonasida biroz buzilgan. Uni tuzatish haqida qayg'urishingiz lozim. Dietolog qabuliga boring. Ovqatlanish masalasiga alohida e'tibor qarating. Salomatlikka ziyon yetkazuvchi mahsulotlardan yuz o'giring. Sershovqin davralardan qoching. Organizmingizning qadriga yeting.

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

Bugun qilayotgan ishlaringizdan ko'ngil to'lmasligi sababmi kayfiyatingiz tushishi mumkin. Yanada qiziqarliroq, sirliroq yumushlarni qo'msay boshlaysiz. Juftingiz bilan orangizdagi munosabatlarga ham deyarli ziyon yetgan. Rashk hammasiga asosiy sababchi ekanini unutmang. Yo siz, yo juftingiz chegaradan o'tgansizlar. Ijodkorlarning kuni tug'adi. O'zingiz eng buyuk hisoblagan g'oyangiz haqiqatga aylanadi.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

15 yanvarda jamoangizda betakror ekaningizni yana bir bor chuqur his etasiz. Hamkasblarning ko'pchiligi sizdan maslahatlar so'ray boshlashadi. Siz uchun butun bir olam hisoblangan odam bilan janjallashib qolishingiz kutiladi. Lekin janjal u qadar kuchli bo'lmaydi. Ko'p o'tmay yarashasiz. Faqat masalaga pozitiv nazar bilan qarasangizgina maqsadga yetasiz. Kechqurun albatta toza havo sayriga chiqing.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...