J.Koreya OTJ ustozi: «Bu bizning 100 foizlik o'yinimiz emas»

0

O'zbekiston va Janubiy Koreya OTJ bahsi yakunlangach Lyubinko Drulovichdan so'ng koreyaliklar murabbiyi Kim Xag Bum matbuot-anjumanida ishtirok etdi.

“Guruh bosqichini ko'ngildagidek yakunlay olganimizdan mamnunman. Bu bizning 100 foizlik o'yinimiz emas. Dastlab oldinga chiqib olganimizdan so'ng raqiblar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi. Keyin yana o'z o'yinimizni namoyish qilib, g'alabani qo'lga kiritdik. O'yindan o'yinga chiroyli futbol ko'rsatib borishga harakat qilamiz. Buyog'iga har bir bahs biz uchun so'nggi uchrashuv bo'lishi mumkinligini inobatga olib tushamiz”, – dedi Kim Xag Bum.

loading...