U-23 Osiyo chempionati. 1/4 finalning ikki juftligi aniqlandi

0
Tailandda davom etayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi qit'a birinchiligi o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

Bugun, “B” hamda “C” kvartetlaridagi uchrashuvlar o'z yakuniga yetdi. Unga ko'ra, J.Koreya, O'zbekiston, Saudiya Arabistoni hamda Suriya olimpiyachilari keyingi bosqichga yo'l olishdi.

Hozircha, chorak finalning ikki juftligi nomi ma'lum bo'ldi, bular:

18 yanvar, S.Arabistoni – Tailand

18-yanvar, Avstraliya – Suriya

Eslatib o'tamiz, J.Koreya hamda O'zbekistonning raqiblari ertaga “D” guruhida o'tkaziladigan so'nggi tur bellashuvlaridan keyin aniqlanadi.

19-yanvar, J.Koreya – “D” guruhi 2 o'rin sohibi

19-yanvar, “D” guruhi peshqadami – O'zbekiston

loading...