O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 16 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

Bugun o'zingiz bilan o'zingiz kurashib vaqt o'tkazasiz. Lekin kurashning bu usuli juda og'ir kechadi. Kuchli irodangizni imtihondan o'tkazish va qo'shimcha bilimlar olishning o'zi bo'lmaydi. Agar bir daqiqaga bo'lsin bo'shashsangiz, yutqazasiz. Ayollar va qizlar bugun kunning ikkinchi yarmida tashqi qiyofasiga e'tibor berishsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. Oilangizda dahanaki janjal yuzaga kelishi mumkin. Emotsiyani nazoratda ushlang.

 

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

 

16 yanvar kuni o'zingizga u qadar tanish bo'lmagan mahsulotlarni tatib ko'rishingizga to'g'ri keladi. Faqat ehtiyot bo'ing. Zaharlanib qolishingiz ehtimoli ham yo'q emas. Agar organizmingizni yaxshi bilsangiz, darhol kerakli dorilarni ichib oling. Ba'zilar hanuz yangi yil bayrami ta'siridan chiqa olgan emas. Bayram davom etishini istashadi. Agar cho'ntagingiz ko'tarsa, marhamat, istagan shahringizga sayohatga otlansangiz bo'ladi.

 

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

 

Bugun har bir ishning, yaxshilik va yomonlikning boshi va oxiri bo'lishi muqarrarligiga yana bir bor ishonch hosil qilasiz. Agar bajarayotgan ishingiz sizni qiziqtirmayotgan bo'lsa, zerikarliga aylangan chiqsa, uni qiziqarlisiga almashtirish uchun imkoniyatlaringiz yetarli. Shaxsiy hayotingizda ham tushunarsiz hodisalar ko'zga tashlanish ehtimoli bor. Moliyaviy masalada zahira pullaringizga suyaning. Bugun moliya masalasida sizning kuningiz emas. Bardosh qilishingizga to'g'ri keladi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

 

16 yanvarda do'stlar bilan ko'ngilxushliklar, xursandchiliklarga berilishdan tiyiling. Moliyaviy ahvolingizni tartibga keltirish uchun zudlik bilan faollikni oshirgan holda ishga kirishishingiz kerak. Kun davomida qarindoshlardan biri bilan janjallashib qolishingiz mumkin. Agar munosabatlarni qadrlasangiz, janjalga barham berish payida bo'lishingiz tavsiya etiladi. Shamollagan bo'lsangiz, kechqurun iliq vanna qabul qiling.

 

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

 

Bugun ertalabdan ishchan kayfiyatda bo'lishingiz lozim. Astoydil kirishsangiz, yana jamoangizda eng ishchan xodim sifatida tan ola boshlashadi va mukofotlar sizni qidirib kela boshlaydi. Ro'zg'ordagi muammolarni bartaraf etishda faqat o'z kuchingizga ishoning. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Faqat issiq kiyinish esingizdan chiqmasin. Salomatlikni asrang. Xasta qarindoshlar bo'lsa, ularning holidan xabar oling. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

 

16 yanvar kuni har jabhada anglashilmovchiliklar ko'zga tashlanadi. Kimlar bilandir janjallashishingizga to'g'ri kelishi mumkin. To'g'ri, janjalda so'z boyligingiz yetarli. Ammo sukut saqlaganingiz ma'qul. Ayniqsa, hamkasblar bilan orangizda kelishmovchiliklar paydo bo'lsa, bu obro'yingizga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bugun professional kasbingiz bilan bog'liq qo'shimcha bilimlar olish foydali kechadi. Surunkali xastalikka chalinganlar o'zlarini ehtiyot qilishlari kerak.

 

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

 

Bugun axborot, yangilik deganini quvib yurib tutasiz. Shu qadar o'ch bo'lasizki, holatingiz dengiz to'lqinlari sohilga itqitgan baliq havoni simirgan kabi yangiliklarni simira boshlaysiz. Bu foydadan xoli emas albatta. Qancha ko'p ma'lumotga ega bo'lsangiz, hayotingiz shuncha farovonlashib boraveradi. Juftingiz bilan janjallashishdan nari bo'ling. Tilingizni tiying. Yon bering. Ishqilib, nima qilsangiz qiling, ammo janjallashmang.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

16 yanvarda jismoniy holatingizdan sira ko'nglingiz to'la qolmasligi mumkin. O'zingizni qiynamay, vrach qabuliga borsangiz, hammasi yaxshi bo'ladi. Shaxsiy hayotingizni qattiq turib himoya qilishingiz so'raladi. Bu ish qo'lingizdan keladi. Kunning ikkinchi yarmida ayrimlar xizmat safariga jo'nab ketadi. Ba'zilar shaxsiy ish bilan yaqin manzilga safar uyushtiradi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Darvoqe, kechqurun kimdir qo'lingizga bir dasta pul tutqazishi kutilmoqda.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugungi kuningiz bir umr yodingizda qolsa ajab emas. Hamkasblar bir tomondan, do'stlar, qadrdonlar ikkinchi tomondan sizni olqishlarga, sovg'alarga ko'mib tashlashi kutiladi. Muhabbatda o'zingizni o'lja qilib ko'rsatishga urinmang. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan munosabatlarda ehtiyotkorlikka alohida e'tibor qarating. Kechqurun birgalikda sayr qilishga chaqiring. Bu ham munosabatlaringiz ijobiy tarafga o'zgarishida asqotadi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

16 yanvar kuni tadbirkorlar asosan ish yuzasidan tashkil etiladigan tadbirlar bilan ovora bo'lishadi. Shuning natijasida shaxsiy hayotga vaqtingiz yetmasligi mumkin. Buning qo'rqinchli joyi yo'q. Siz, axir, moddiy ahvolingizni yanada yaxshilash harakatida yelib-yugurasiz. Bugun har qanday ko'rinishdagi safar, yangi uchrashuvlar va romantika xayrli kechadi. Kechqurun ertaroq uxlashga yotishga harakat qiling. Omad sizga yor bo'lsin!

 

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

 

Shaxsiy hayotda ortiqcha muammolar tug'ilishini istamasangiz, duch kelgan odamga ishonib qolishdan saqlaning. Faol suhbatlardan voz keching. Imkon topsangiz, tabiat qo'ynida dam oling. Muhabbatda aql bilan ish ko'rishingiz talab etiladi. Oilasiz bo'lsangiz va yaqinda tanishgan inson sizda u qadar qiziqish uyg'otmagan bo'lsa, munosabatlarga o'z vaqtida nuqta qo'yish zarur. Kechqurun basseynda cho'milish muvaffaqiyatli kechadi.

 

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

 

16 yanvarda sizni hech kim sindira olmaydi. Hech qanday kuch sizni o'ziga bo'ysundira olmaydi. Xuddi shu xislatlar professional kasbingiz bilan bog'liq ishlarni muvaffaqiyatli yakunlashda katta yordam beradi. Faqat ish bajarishda atrofdagilar yordamidan voz kechishingiz kerak. Anchadan beri ko'rishmagan do'stlarning biri sizga kechki payt yoqimli sovg'a hadya etadi. Yaqindagina shaxsiy biznesini ochganlar bugun muvaffaqiyatga erishishadi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...