NOVOROSSIYSKDA BAShORATChI, TABIB, EKSTRASENS MUShUK SOTUVGA QO'YILDI…

0

 

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga qarashli Novorossiysk shahrida yashovchi ismi-sharifi ma'lum qilinmagan erkak bashoratchi, tabib, ekstrasens mushugini sotuvga qo'ydi. Mushukni egasi 20 million rubl miqdorda baholagan.

Uning aytishicha, mushukni yaqinda olamdan o'tgan tabib ayolning qabri tepasida uchratib qolibdi. Mushuk qabr tepasida o'tirgancha tovushsiz, sukut saqlagan holda marhuma egasi bilan tillashayotgan ekan. Ajablanarlisi, erkak mushukni uyiga olib kelgan. Qornini to'ydirgan, parvarishlay boshlagan. Evaziga har kuni xuddi shu mushuk tushiga kirib muammolarni qanday hal etish, nima qilish kerakligini aytib bera boshlagan.

— Men hayratdan yoqa ushladim, — deydi erkak. — Mushukning bashoratchi, tabib, ekstrasenslikdan xabardorligini birinchi ko'rib turishim edi. Olib kelganimdan beri har kuni tushimga kirib muammolarimni ijobiy hal etishda maslahatlar beradi. U aytganidek yo'l tutsam, ishim bitib ketaveradigan bo'ldi. Lekin oxirgi marta o'tgan kuni tushimda mushuk uni sotishim lozimligi, pullarni esa qiynalgan oilalarga tarqatishim kerakligini aytdi. Shu sababli uni sotuvga qo'yishga majbur bo'ldim…

Darvoqe, erkak mushukni 20 million rubl miqdorda baholagan. Ammo xaridor chiqsa, savdolashishga ham tayyor ekan.

 

loading...