Adebayor, Gomes bilan kelishuv amalga oshmadi, lekin “Paxtakor” boshqa bir mashhur futbolchi bilan shartnoma imzoladi! FOTO

0
Shveysariyalik hujumchi Eren Derdiyok «Paxtakor» futbolchisiga aylandi.

Bungacha Turkiyaning «Go'ztepa» klubi sharafini himoya qilgan Derdiyok «sherlar» safida qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi. Bu haqda Shahboz Beg'amov o'zining telegram’dagi kanalida ma'lum qildi.

«Paxtakor» OChLda yaxshi natija ko'rsatish uchun tarkibni, ayniqsa hujum chizig'ida yakuniy «nuqta»ni qo'yadigan yuqori darajadagi hujumchi izlayotgandi. Jamoa dastlab Mario Gomez nomzodiga qiziqqan. Biroq «Paxtakor» Gomezga taklif qilgan 3 million yevro germaniyalik hujumchini qoniqtirmagan. Keyinchalik jamoa Adebayor variantini jiddiy o'yladi. Lekin Adebayorga «Paxtakor» tomonidan taklif qilingan 2,5 millionlik yillik maosh ma'qul kelmadi. Natijada «Paxtakor» avval Arveladze qo'l ostida o'ynagan, Yevropa futboli havosidan nafas olgan va nisbatan hali futbol o'ynaydigan yoshda bo'lgan Eren Derdiyok nomzodiga to'xtaldi. Eren avvalgi «Go'ztepa» jamoasida yiliga 2,15 million yevro maosh olgan. «Paxtakor» esa Bundesligada va «Bazel» orqali ko'pchilikka tanish hujumchini olib keldi. Eren ayni paytda Abu-Dabida bo'lib turgan «Paxtakor» qarorgohiga borgan va jamoa safiga qo'shilgan.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, «Paxtakor» GomeS va Adebayor bilan kelisha olmagan mablag'ni Derdiyok bilan kelishishga erishgan. Shveysariyalik hujumchi 2-2,5 million yevro atrofida maosh oladi.

Bir narsani unutmaslik kerakki, Yevropada o'ynab turgan hujumchini bizning chempionatga jalb etuvchi eng asosiy omil bu pul. Derdiyok Osiyo futboli o'lchovida top darajaga tortadi. Nisbatan nomdor, biroq qariyalardan ko'ra Erenga o'xshagan hali formasini yo'qotmagan va mahorati yuqori bo'lgan futbolchini qo'lga kiritish «Paxtakor» uchun chinakam yaxshi transferga aylandi» – deb yozadi Beg'amov o'z kanalida.

loading...