FBR jinoyatchining ayfonini Apple yordamisiz ham ocha oldi! Lekin terrorchiniki…

0

Mazkur ayfon Baris Ali Kox ismli kishiga tegishli bo'lib, u o'zining jinoyatchi akasi AQShdan qochib ketishiga qalbaki hujjatlar bilan yordam bergan. Forbes nashrining yozishicha, Kox o'tgan yili FQB tomonidan ushlangan va uning smartfonini olib qo'yishgan. Gumonlanuvchi o'z ayfonining qulfini ochishga rozi bo'lmagan va huquq-tartibot idorasi mutaxassislari bu maqsadda GrayKey qurilmasidan foydalanishgan.

Qizig'i shundaki, FBR o'tgan hafta ham ikkita iPhone qulfini ochishda yordam berishini so'rab Applega murojat etgan, kupertinolik korporatsiya esa bosh tortgan. Bu smartfonlar Saudiya Arabistoni Harbiy havo kuchlari kursanti Muhammad Said Alshamraniyga tegishli bo'lib, u Florida shtatidagi Pensakol harbiy dengiz aerodromiga hujum qilib, AQShning uch nafar dengizchisini o'ldirgan va sakkiz nafarini yaralagan, o'zi ham halok bo'lgan. Hukumat 6 dekabrda amalga oshirilgan bu hujumni terrorchilik xuruji deb hisoblagan.

Apple terrorchilikda ayblanayotgan shaxsning smartfonlari qulfini ochishni rad etgani uchun hatto shaxsan prezident Donald Tramp ham korporatsiyadan noroziligini aytgan. Biroq kupertinoliklar o'z foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlari daxlsizligini hatto davlat manfaatlaridan ham ustun qo'yishmoqda.

Shu o'rinda haqli bir savol tug'iladi: modomiki FQB mutaxassislari Baris Ali Koxning ayfoni qulfini ocha olishgan ekan, Alshamraniyning smartfonlarini blokdan chiqarishda nega yana GrayKey’dan foydalanishmayapti? Insayderlar hozircha buning sababini aniqlay olishmagan, ayrim taxminlarga ko'ra, mazkur moslama iPhone himoyasini buzishda ma'lum cheklovlarga ega (masalan, bir martagina ishlaydigan) bo'lishi mumkin.

loading...