MIB tomonidan 8 oydan buyon qidiruvda bo'lgan avtomashina topildi

0

Byuro organlarining asosiy vazifalaridan biri, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini ta'minlash, shu jumladan, qarzdorlarning pul mablag'lari, mol-mulkini qidirib topish va xatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

MIB Romitan tumani bo'limi ish yurituviga fuqarolik ishlari Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudining 07.05.2019 yildagi da'vogar “O'zsanoatqurilishbanki” ATB Uchtepa filialining javobgar korxona va B.Qudratovga nisbatan hadya shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi da'voni ta'minlash maqsadida B.Qudratov nomiga rasmiylashtirilgan “Lasetti” rusumli avtomashiga nisbatan barcha notarial harakatlarga taqiq qo'yish va avtomashina xatlanib, jarima maydoniga keltirib qo'yish to'g'risidagi ajrimi kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida “Lasetti” rusumli avtomashina noma'lum tomonga yashirilgan. Shundan so'ng, davlat ijrochisi tomonidan B.Qudratov nomida bo'lgan “Lasetti” rusumli avtomashinaga qidiruv e'lon qilinib, qidiruv harakatlari natijasida topilib jarima maydoniga joylashtirildi.

loading...