Rossiyada O'zbekiston bayrog'ini namoyish qilgan muhojirlar jarimaga tortildi

0

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri «Dvorsovaya» maydonida hamrohlarining yelkalariga o'tirib olib, O'zbekiston bayrog'ini hilpiratgan mehnat muhojirlarining hujjatlari tekshirilganida ularda migratsion kamchiliklar borligi aniqlandi.

Bayramda ishtirok etgan 14 nafar O'zbekiston va Tojikiston fuqarolari hudud politsiyasi e'tiborini tortgan.

«Xorijiy davlatlar bayroqlarini jamoat joylarida namoyish etish taqiqlanganmi?» degan savolga huquq-tartibot organlari xodimlaridan biri shunday javob bergan:

«Qonunchilikda bunday taqiq yo'q. Biroq muhojirlarning bunday harakatlari shahar aholisi uchun noqulaylik tug'dirishi mumkin va ular bizning chora ko'rishimizni kutadi».

Qayd etilishicha, tekshirilgan 14 kishining har birida kichik kamchiliklar aniqlangan.

Ba'zilarida migratsiya hisobini amalga oshirishda noto'g'ri ma'lumot berish, boshqalarida esa kirish qoidalarini buzish qayd etilgan.

Tekshiruvlar natijasida uch kishiga nisbatan Rossiya Federatsiyasidan majburiy chiqarib yuborish, bir kishiga nisbatan mamlakat hududidan mustaqil ravishda chiqib ketish haqida qaror chiqarildi, qolganlarining esa Rossiya hududida qolish muddati qisqartirildi yoki migratsiya idorasiga qayta kirishni taqiqlash bo'yicha hujjatlar topshirildi.

Daryo.uz

loading...