UzAuto Motors minilgan avtomobilni yangisiga almashtirish shartlarini ma'lum qildi

0

Xabaringiz bor 2019 yil oktyabr oyida UzAuto Motors kompaniyasi Trade-In dasturini e'lon qildi. Unga ko'ra minilgan avtomashinani yangisiga almashtirish imkoniyati paydo bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha ushbu dastur yo'lga qo'yilgandan beri 400dan ortiq fuqarolar o'z avtomobillarini yangilab olgan.

Kompaniya eski avtomobilni qanday qilib yangisiga almashtirish mumkinligi shartlarini e'lon qildi. Unga ko'ra avtosalonda yangi avtomashina tanlanadi, mutaxassis eski mashinaning holatiga qarab uni baholaydi, yangi avtomobil uchun bitim imzolanadi (bunda bitimni notarial tasdiqlashning hojati yo'q), yangisi va eskisi o'rtasidagi narx farqi to'lanadi va avtomobil olib ketiladi.

Hozirda Trade-In dasturi bo'yicha Tracker, Lacetti, Nexia-3, Spark, Cobalt hamda Malibu avtomobillari bor.

Yangi mashinaga ega bo'lish uchun Toshkent shahar Yashnobod tumani Elbek ko'chasi 61 manzilga borish kerak.

loading...